Mundarija kirish …




Download 12.43 Mb.
bet20/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Chigitli paxtani saqlash.Chigitli paxtani tolaning tabiy xususiyatlari va chigitning urug’lik hamda sanoat sifatlari buzilmaydigan sharoitda saqlash lozim. Ma`lumki, paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabroylarida yig’ib-terib olinib topshiriladi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy mobaynida bir mavsumda tayyorlangan paxtaning 20-25 % ni qayta ishlaydi.

SHu sababli Chigitli paxtaning ko’p qismi tayyorlash punktlaridan uzoq vaqt saqlanadi. Paxta qabul qilish punktlarida paxtani to’g’ri va uzoq vaqt saqlashni tashkil qilish va undan olinadigan tola hamda boshqa xoashyolarning sifatini yaxshilash sharoitlarida biri uni omborlarga joylashtirishda namligini davlat standart ko’rsatgichlari talabi darajasida bo’lishdir. Paxtani joylashtirish va saqlashda uning sanoat sorti, terish usuli va namligi hisobga olinadi.

Namligi 20 % dan yuqori bo’lgan paxta quritish tozalash sexiga yaqin joyga vaqtincha to’kiladi, va quritilib tezda zavodga jo’natiladi. Chigitli paxtani yopiq omborlarda saqlash vaqtida namligi 11 % gacha bo’lgan 1 va 2 sort paxta uchun uning o’rtacha zichligi 150-190 kg/m3 va namligi 14 % gacha bo’lgan 3 va 4 sort paxta uchun 130-160 kg/m3 bo’lishi shart.

Chigitli paxtani ochiq maydonchalarda saqlash uchun paxta tayyorlash punkti xududida er yuzasidan 40 sm ko’tarilgan maxsus buntlash maydonchalari quriladi.

Paxta saqlaydigan maydonchalar 50 mm qalinligida asfalt qilinadi, yoki 150 mm qalinlikda yirik tosh terib orasi mayda shog’al bilan to’ldiriladi. Buntlash maydonchalarining o’lchami 25-14 metr bo’ladi. Buntlash paxta joylashtirib bo’lgandan so’ng uning uchi 2,0-2,5 m balandlikda konussimon qilib qo’yiladi. Paxtani uzoq vaqt saqlashda buntlarni brezent bilan to’g’ri yopish muhim ahamyatga ega. Ochiq maydonlardagi buntlarni yopishda o’lchamli 8,5-7 metr bo’ladigan brezentdan foydalaniladi.

Bunt qilinganidan 10-20 kundan so’ng uning o’rtasidan uzunasiga balandligi 1,8-2,0 metr va eni 0,8-1,0 metrli tunnel kovlanadi.

Nam havoni so’rish namligi yuqori bo’lgan paxtani saqlashningmuhim tadbiri hisoblanadi. Bunda mahsus statsionar uskuna qurutiladi. Havoni tortish uchun UVTS -10 m, VTS- 8 m, VTS-10 va UVP ventilyatorlari ishlatiladi. Xavoni tortishi 8-soatdan oshmasligi kerak. Nam paxtani buntlarga joylashtirish va o’z vaqtida havoni tortmaslik oqibatida paxta o’z-o’zidan qiziy boshlaydi, natijada tolaning rangi o’zgaradi. Sorti pasayadi, urug’ning sifati keskin passayib ketadi. SHuning uchun saqlanayotgan I va II sort paxtani har 10 kunda III- IV sort paxtani har 5 kunda tekshirib turish kerak.

Paxtani sanoat sortiga, terish usuliga va namligiga qarab joylashtirish va saqlash. (R. Oripov, I.Suloymonov) 1991 yil




Sanoat sorti

Terish usuli

Paxtani komplektlash va saqlashda namlik gradatsiyasi %

I

Qo’lda

Mashinada



9-gacha

II-gacha, II-dan yuqori.



II

Qo’lda

Mashinada



10-gacha

II-gacha, II-dan yuqori.



III

Qo’lda

Mashinada



II-gacha

11-18,18 dan yuqor.



IV

Qo’lda

Mashinada va to’kilgan paxta



13-gacha

13-20, 20 dan yuqori.







Download 12.43 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Download 12.43 Mb.