-3. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini natijalari va taxlili




Download 12.43 Mb.
bet22/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
4-3. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini natijalari va taxlili.
Mirishkor tumani Jeynov qishlog’i “Hamroev Zafar” fermer xo’jaligini 115 gektar eri bo’lib shundan 50 gektariga “Buxoro - 6” g’o’za navini ekadi. Bu g’o’za navini suvsizlikka, sho’rga chidamligi ko’sakdagi paxta vazni 7,2 g, tola chiqimi 36,5 % tola uzunligi 34- mm, tolaning uzulishi kuchi 4,5-4,6 gk nisbiy uzunlik kuchi 28,3 gk tekis 35-40 tsentnergacha cho’l sharoitiga paxta berilishini bo’lib 6 yildan beri shu navni ekib xar yili rejani 120-130 % bajarib kelmoqda va katta daromad olmoqda. Biz o’zimizni bitiruv malakaviy ishimizni shu fermer xo’jaligida olib bordik. Fermer xo’jaligi kuzgi g’alladan bo’shagan erni 30-35 sm chuqurlikda shudgor qildi. Erta bahorda obi-tobida erni tekislab juyak oldi va mart oyida zahira suvi oldi. Erni ekishga tayyorladi. Gektariga 50 kg dan Chigit olib kelib 24 soat davomida ivitdi. Bizni tavsiyamiz bilan 1 gektar maydonga ekiladigan Chigitni kulga aralashtirilib keyingi seyalkaga solindi. Kulga aralashtirilgan Chigitni donodorligi oshadi. Seyalkadan bexato tushadi. To’liq ko’chat olinadi. Boshqa chigitlarga qaraganda 1-2 kun oldin ko’karadi. Chigit ekish bilan birga gerbidtsid sepiladi. Ko’karib chiqqan ko’chatlar 1-2 chinbarg chiqargandla yagona qilindi. Gektarida 80-85 ming dona ko’chat qoldirildi.

Birinchi ishlov berishda 14-16 sm chuqurlikda, ikkinchi marta 18-20 sm chuqurlikda keyingilari 14-16 sm chuqurlikda kultivatsiya qilindi. Xar suvdan keyin 2-3 marta ishlov berildi.G’o’za 14-16 shoxlagan vaqtida Chilpish o’tkazildi. Paxta 60-70 % ochilganda defoliatsiya o’tkazildi.

Birinchi terim o’tkazilgandan keyin paxta maydoni engilgina sug’orib olindi.

Yuqoridagi agrotexnik qoidalar to’liq bajarilgani uchun “Hamroev Zafar” fermer xo’jaligi davlat shartnomat rejasi 26 tsentner o’rniga har gektardan 33,5 tsentnerdan hosil olib har gektaridan qo’shimcha 7,5 tsentner jami davlatga 167,5 tonna paxta sotdi va qo’shimcha 20000000 sumdan ortiq foyda oldi. Olingan foydadan mahallaga o’zini ishchilariga, va boshqaishlarga sarflandi. Ya`ni shuni aytishni lozim topdikki, topshirilgan paxtani hammasini quritib, iflosliklardan tozalab 1 chi sortlarga 100 % topshirdi.

Biz shunday xulosaga keldikki bu erda fermer xo’jaligini raisi ishbilarmonligi, tadbirkorligi, o’z ishini bilib qilishi agrotexnologiya qoidalariga to’liq rioya qilish natijasida shunday yutuqlarga erishdi.



Download 12.43 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 12.43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-3. “Buxoro-6” g’o’za navini etishtirish saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasini natijalari va taxlili

Download 12.43 Mb.