Mundarija kirish …




Download 12.43 Mb.
bet25/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
VI. MEHNAT MUHOFAZASI.
Paxtani qayta ishlash zavodlari ishchilar uchun havfsizlik texnikasi bo`yicha rioya qilinadigan qoidalar. Ma`lumki xar qanday sanoat korxonalariga yangi ishga kiruvchilar qaysi sex yoki bo`limida ishlarlaridan qat`iy nazar, albatta dastlabki kirish instruktaj va ish joyi bo`yicha texnik havfsizlik qoidalaridan zarur instruktaj olishlari shart. So`ng ishchilar instruktaj olganligi haqida korxonada texnink hafsizlik bo`yicha tutilgan maxsus jurnallarga qo`l qo`yishlari kerak. Bunda tashqari doimiy ishlovchi ishchilar ham har yili yoki ish uchastkalar o`zgarganda avvalgi bo`limidan qat`iy nazar tegishli texnik havfsizlik qoidalar bo`yicha instruktaj o`tkaziladi.

Umumiy qoidalar.

Texnika havfsizligiga rioya qilish uchun paxtani qayta ishlash korxonalari ishchilari quyidaagilarni bilishi kerak. Har bir ishchi faqat topshirilgan ishni bajarishi va uni boshqa shaxsga topshirmaslikni, havfsir ish usullarini o`zlashtirishni, asbob va moslamalardan faqat ular mo`ljallangan maqsadlar uchun foydalanishni, ko`ngilsiz voqealarga sababchi bo`luvchi nuqsonlarni tezda bartaraf etish zarurligini; balandlikda ishlashda faqat ishga yaroqli narvonlar saqsovchi moslamalardan foydalanishni, buzuq texnologik mashina va agregatlar yoki ularda to`suvchi qurilmalar bo`lmaganda ishlatmaslikni

Ishlab chiqarishda shikastlanganda darhol medpunkga murojat qilish va yuz bergan ko`ngilsiz hodisa haqida smena masteri yoki zavod ma`muriyatiga xabar berishni, ishlab chiqarishda shikastlangan kishilarga zarur meditsina yordami ko`rsatilishini; hizmat ko`rsatuvchi uchastkadagi mashina -----(76) va qurilmalarning vazifasi hamda tuzilishini, mashina uskuna ish rejimlarini uni profilaktik qarovdan o`tkazish hamda remont qilish grafiklarini bilishni; mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat`iy rioya qilishni unutmaslik kerak.

Ish boshlashda oldingi havfsizlik qoidalari.

Har bir ishchi o`z kiyimining tartibga keltirishi, ayniqsa xotin-qizlar sochini bosh kiyim ostida yig`ishtirib olishlari kerak; ishchilarning ish joyi yetarli darajada yoritilga va va ortiqcha narsalardan holi bo`lishi lozim; texnologik mashinaning buzuq emasligi ko`zdan kechiriladi va ishonch hosil qilingandan so`ng ishga tushiriladi; ish vaqtida anialangan kamchiliklarni o`z navbatida bartarof qilish, agar bu ishni o`zi eplolmasa, shu haqda smena masteri (brigader) ni habordor etishi shart; texnologik mashina yoki agregatni ishga tushirishda oldin ximoya ko`zoynaklari respiratorlar va boshqa himoya vositalari ta`qib olinadi, meditsina ko`rigidan o`tgandan keyin havfsizlik texnikasi bo`yicha instrukgajlardan o`tishi, havfsizlik ish usullarini o`rganishi, texnologik mashina va ogragatga xizmat ko`rsatish (idora qilish) huquqiga ega bo`lish uchun zaruriy sinov (imtihon, suhbat)dan o`tishi kerak, texnologik mashina va (agregat)larni sozlash hamda boshqarish bo`yicha barcha operatsiyalarni diqqat bilan ko`zatib borish va puxta bajarish, texnologik ish rejimlarini saqlab turish, yong`inga qarshi havfsizlik qoidalaririoya qilish lozim; texnologik mashina boshqarayotgan ishchi hayolini buzmasligi va agregatini ish vaqtida qarovsiz qoldirmasligi zarur; sexdagi gazsizlantiruvchi suruvchi qurilmalarni ishga yaroqliligini tekshirish, vazifalari o`z vaqtida bajarilganda ish davomida sodir bo`ladigan ko`ngilsiz hollarning oldi olingan bo`ladi.

Smenani qabul qilishdagi xabarsuzlik choralari Agregat( Texnologik mashina) larni umumiy holati tekshirilib, ularning ishga yaro`liligiga ishonch hoasil qilinishi; so`ruvchi puflovchi ventiliyatsiyalar hamda havo trubalarning sozligi, elektrodvigatel va rotorlar sihlaganda korpus devoriga tegmasligi tekshirilishi; turli agregatlarda taluqli kontrol o`lchov asboblarini, havsizlik aftomatikasi va o`t o`chirish vositalarining butun komplekslarining mavjudligiga hamda ishga yaroqliligiga ishonch hosil qilinishi kerak.

Havfsiz ish usullari va ishlash vaqtidagi havsizlik choralari.

Mashina ishlayotganda to`siqlar ochilmasligi va olinmasligi; har bir ishchi joyi toza tutilishi va ortiqcha narsalardan holi bo`lishi; texnologik mashinani ishga tushirishdan oldin atrofdagi kishilartovush signali bilan ogahlatirilishlari; remont qilingan texnologik mashina smena masterining ruxsati bilan ishga tushurilishi; elektr toki bo`lmay qolganda darhol tegishli mashinani to`xtatish va tok paydo bo`lganida smena masterining ruxsati bilan ishga tushirilishi kerak. Shuningdek: texnologik mashinalarning aylanayotgan ish organlarini qo`l yoki biror narsa bilan to`xtatish; mashina-agregat ishlayotganida uning tagini tozalash, yuritilish tayemalarni kiydirish, zarar va oraliqlarni sozlash qat`iyan man etiladi, tiqilib qolishlarini bartaraf qilish; buzilishlarni tuzatish, mashina uskunalarini sozlash va tozalash bilan bog`liq barcha ishlar ishchi organlarni to`liq tuxtatganda keyin ulanmasin! Odamlar ishlayapti! Degan ogahlantirish plakati ostida amalga oshiriladi. Balanligi 2 metrda yo`qori joylashgan agregatlarga doimiy xizmat ko`rsatishda atrofi panjara bilan o`ralgan, turish uchun maydonchasi bo`lgan maxsus narvonlardan fordalanish;og`ir detallarni montaj qilishda ko`tarish tashish mehanizmlarini ishlatish lozim, bunda yuk ostida va yukni qo`l bilan yo`l qoqyilgan normalardan; ayollar 15 kg, erkaklar 50 kg, o`smirlar 10 kg dan ortiq yuk ko`tarish; elektr havfsizligi qoidalarini o`rganmay turib, elektr asboblardan foydalanishiga ruxsat berilmaydi; elektr asbobni ko`zdan kechirishda va remont qilishda uni tarmoqdan uzib qo`yish zarurligini unumaslik kerak.

Ishdan keyingi havfsizlik choralari.

Smenani topshirishda ish davomida aniqlangan kamchiliklar haqida qabul qiluvchini ogohlantirish zarur; mashina uskunalar to`xtatiladi va tozalanadi, ish joyi tartibga keltiriladi, moslama va asboblar tegishli joyga qo`yiladi.

Ma`lumki sanoat korxonalarida texnologik mashinalarning soni va ularning ish organlari(tovush manbalari) dagi chastotalarining o`sib borishi, mehanik shovqinlarning oshishiga sabab bo`lmoqda.

Paxtani qayta ishlash sanoatida ba`zi texnologik jarayonlar va operatsiyalar intevsiv holda ishlab chiqarish shovqinini chiqaradi. Ishlab chiqarish sovqini faqat qaloqqagina emas, balki organizmga ayniqsa, yurak-tomir va nerv sestimasiga umumiy salbiy ta`sir ko`rsatmoda.

Bu ta`sir bosh aylanishi, quloqning shang`illashi, bosh og`rig`i, arterial qon bosimining o`zgarishi, yurak urishi ritmlarining buzilishi va boshqalarda namoyon bo`ladi. Ishlab chiqarish shovqini fikrni bir joyga yig`ishga halaqit berib, ish qobiliyatining pasayishiga va baxtsiz hodisalar shikastlanishlarning ko`payishiga sabab bo`lishiga olib kelishi mumkin. Shovqinning organizmga ta`siri uning chastotaviy markaziga bo`gliqdir.Agar shovqin va vibratsiya miqdori sanitariya va gegiyena normativlariga nisbatan yo`qori bo`lsa, ular kishi organizmi uchun juda havflidir. Har qanday sodir bo`ladigan shovqin va vibratsiyalar turli sezgi organlari tufayli ta`siz ko`rsatadi va uni oraliq qismiga erishish mumkin.

Shovqin darajasi yuqori joylarda ikki-uch yil, o`rtacha bo`lgan joylarda besh o`n yil ishlaganda quloq asta-sekin og`irlashib qoladi. Shuning uchun asosiy sexdagi mashinalarni boshqaradigan kishilarga normal sharoit yaratish uchun tegishli mashinalardagi shovqin va vibratsiya kattaliklarini ham sanitariya va gegeyenik normalariga mos holda bo`lishini nazorat qilish zarur. Agar normativdagi (CH-1104-73) chegaradan katta bo`lsa, u holda, ularni tegishli mashinalarda vibroakuetik masalalari hisobga oligan holda ishlab chiqarish kerak. Lekin shovqin va tebranish yoqori bo`lgan texnologik mashinalarning hamma ishchi organlariga vibrookuetik parometrlarini tushurish juda qiyin muammo. Shu boisdan tegishli mashinada shovqin va tebranish manbai bo`lgan ish organlarini aniqlab, so`ngra bu zararli omillarni hisobga olib darhol kamaytirish uchun chora-tadbir ko`rilishi lozim.



Download 12.43 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 12.43 Mb.