Chigitli paxtani dastlabki ishlash




Download 12.43 Mb.
bet21/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Chigitli paxtani dastlabki ishlash.Chigitli paxtadan tayyor maxsulot olish uchun bajariladigan hamma ishlar yig’indisi paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayoni deb ataladi. Bu jarayon natijasida paxtadan tola, linturug’ kabi mahsulotlar olinadi. Chigitli paxtani dastlabki ishlash paxta zavodlarida amalga oshiriladi va paxtani quritish, tozalash chigitdan tola ajratish (tinlash) Chigitni qisqa tolalardan tozalash (lintrlash), tola, lint va urug’ni tolali chiqindilardan tozalash, urug’lik va texnik chigitlarni ishlash kabi jarayonlar amalga oshiriladi.

Paxta sanoati markaziy ilmiy tekshirish inistituti Chigitli paxtaning namligi sort va terim usuliga qarab 3 guruxga bo’lib, dastlabki ishlashni tavsiya etadi.

Birinchi guruxga namligi 14 % dan oshiq, mashinada terilgan II-va-IV sort hamda qo’lda terilgan III-IV sort paxtalar, ikkinchi guruxga namligi 14 % dan kam bo’lgan mashina qo’lda terilgan paxtalar, uchunchi guruhga qo’lda terilgan I-II sort paxta quritiladi.

Quritish 2 xil bo’ladi:

1. Tabiiy

2. Sun`iy

Tabiiy quritishda quyosh yordamida dalada quritiladi. Sun`iy quritishda tola 1050 S, urug’lik paxta 550 S texnik Chigitli paxta 700 S gacha qizdiriladi. SXN-10, quritgichlar ishlatiladi. Paxtani tozalashda ikki batariyali tozalash tsexi (CHX-3m-2), VA-12m, S, S -15 m, bitta elivator EX-15, ishlatiladi. Tinlash mashinalarini arrali va valikli bo’ladi. Tinlash mashinalari – XDD va XDD -2m, hamda avtomatlashtirilganarrali tinlash mashinalari ZXDD, ZXDD va DP-130 markali mashinalardan foydalaniladi. Chigitni tozalashda exa-chep yoki CHSM markali privmatik Chigit tozalagichlardan foydalaniladi. Tinlashdan so’ng olinadigan chigitlarda qisqa tolalar lint (momiq) va delint (tuk) qoladi. Odatda ingichka tolali paxtaning chigitidan 2,4-5 % o’rta tolali paxtaning chigitida 11-17 % lint va delent qoladi. Lint va delent massasining chigitning boshlang’ich massasiga bo’lgan foizda ifodalangan nisbatiga chigitning umumiy tukligi deb yuritiladi. CHigitdan lint ajratish jarayoni linterlash va bu jarayoni bajaradigan tmashinalar linter deb ataladi.

Linterlash jarayoni ximyaviy , mexanik va agroximyoviy usullarida amalga oshiriladi. Paxta tozalash zavodlarida mexanikusulda ishlaydigan PO-160, POM-160, PMP-160, 5 LP markali arrali linter mashinalari bilan jihozlangan chigitlardan qoldiq tola va tuklarni ajratishi jarayoni delintlash va olingan mahsulot esa delint deb yuritiladi. MPM-1, 3 SOM, 4 SOM,LKXT-210 markali delintlash mashinalari ishlatiladi. (R.Oripov va boshqalar, 1991 yil).




Download 12.43 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Download 12.43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chigitli paxtani dastlabki ishlash

Download 12.43 Mb.