V – ATROF MUHIT MUHOFAZASI




Download 12.43 Mb.
bet24/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
V – ATROF MUHIT MUHOFAZASI.
Paxtani saqlash va dastlabki qayta ishlash jarayonida juda katta miqdorda chang chiqadi. Ushbu changlar zavod binalarini, atroflarini va atrofdagi havosini bug`latadi. Zavodda ishlaydigan ishchilar uchun noqulay sharoit tug`diradi. Hamda atrof muhitni ifloslantiradi. Bundan tashqari ishlab chiqarish sexlari havosi bulg`anib xar hil allirgek, boshqa kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun texnologik mashinalarda mahalliy surgichlar o`rnatiladi. Natijada havo tarkibidagi iflosliklar va zarali changlar siklonlarga ajratilib tozalanadi.

Ba`zan shunga qaramasdan, sex ichidagi turli mashina korpuslarining ochiq bo`lishi, to`liq yopilmasligi, agrodinamik rejimining yaxshi ishlamasligi, pnevmotrubalarning teshilishi va notug`ri montaj qilinishi tufayli turli chang, gaz va boshqa iflosliklar sexlardagi atmosferani ifloslantiradi.

Zavodda qabul qilingan yoki keltirilgan paxtani turli texnologik jarayonlar yordamida tozalash vaqtida ajralib chiqadigan changlar asosan organik va meneral aralashmalardan iborat.

Organik aralashmalar qurigan has-cho`plar maydalangan bo`laklari yoki butun qismlardan iborat bo`ladi.

Meneral aralashmalarga changlar, qumlar va boshqa turli aralashmalar hamda transportda yuklash vaqtida qo`yilgan iflosliklar kiradi.

Paxtani dastlabki aralashmalaridan tozalash vaqtida asosan menaral aralashmali changlar ya`ni iflosliklardan ajratib olinadi. Mahalliy chang surgichlarga xar hil siametrli quvurlar bilan ulangan ventilatsiyalar havoni markazdan qochirma chang tutgichlarga uzatadi.

Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham ashyoni texnologik qayta ishlash jaroyonlarida ( yuvish va boshqa jarayonlarda) toza ichimlikka yaroqli suv ishlatiladi.

Natijada juda ko`p miqdorda chiqindi suvi hosil bo`ladi, u korxona kanalizatsiyasi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Chiqindi suvlarning tarkibiy qismdagi moddalar organik va noorganik bo`ldi, ularni to`g`ridan to`g`ri suv havzalariga tashlab bo`lmaydi. Korxonada hosil bo`layotgan chiqindi suvlarni tozalash inshootlariga yo`boriladi. Bu yerda ular tozalanib, yana texnik maqsadlarga ishlatish uchun yaroqli holga keltiriladi. Chiqnidi suvlarni tozalab ishlatish korxonaga foyda keltiradi.

Chiqnidi suvlar kanalizatsion nasos stansiyasi orqali tozalash inshootlariga yuboriladi. Bunda umumiy sanitariya – gegiyena talablariga rioya etish kerak. Kanalizatsiya quvurlariga tiqilib qoladigan paxta, qog`oz, latta, po`choq va boshqa narsalar chiqndi suvlariga tushmasligi kerak. Kanalizatsiya quvurlarini doimo nazarat qilib turiladi, har 30-50-100 litrda nazorat quduqlari qurish kuzda tutiladi.

Korxonadan chiqayotgan chiqindi suvlar korxonadan chiqish joyida mexanik tozalanadi, unda suvning chiqsh joyiga kataklari 16x30mm li sim panjara o`rnatiladi. Bunda suvga tushib qolgan yirik mehanik qo`shinchalar tushib qoladi, ular vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladi va axlat kontenerlariga tashlanadi. Kanalizatsiya quvurlari qiya qilib o`rnatiladi, ularda suvning oqish tezligi 70sm/ sek bo`lishi kerak, quvurlar 1,5-1,7 m chuqurlikda yotqiziladi. Kanalizatsiya quvurlarining diametri 550 mm dan kam bo`lmasligi kerak. Mehanik usul bilan dastlabki tozalangan chiqindi suvlari biologik tozalash inshootlariga yuboriladi.



Download 12.43 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 12.43 Mb.