Mundarija kirish …




Download 12.43 Mb.
bet16/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Chilpish.Chilpish o’z vaqtida bajarish, shona, gul tugunchalarini saqlash ga, ko’sak paydo bo’lishi va etilishi jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. G’o’zani Chilpish o’z vaqtida, sifatli o’tkazilganda ko’saklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi va xosildorlikni gektariga 3-4 tsentnerga oshiradi.

Bu muhim tadbir g’o’zaning asosiy va yon shoxlariningo’suv nuqtasini qirqib bo’lib o’simlikning vegetativ o’sishni to’xtatish va ozuqa modalarin hosil nishonlariga yo’naltirish maqsadida o’tkaziladi. Chilpish ko’zatuv olib borilgan fermer xo’jaligida 12-13 ta hosil shoxi paydo bo’lganda qo’lda Chilpish o’taziladi. Chilpish 3- marta qilindi. Chilpish o’z vaqtida o’tkazilganda g’o’zani tepa qismida qo’shimcha 3-4 ta ko’sak paydo bo’ldi. Bu esa hosildorlik 15-20 % ortdi. Tola sifati yashilanadi. Iqtisodiy samaradorligi ortdi.

G’o’za terimga tayyorlashda asosiy agrotexniktadbirlardan biri defoliotsiya (barg saqlantirish) dir. O’simlikni terim oldidan kimyoviy usulda bargsizlantirish ko’saklarni ochilishini tezlashtiradi, yuqori sifatli tola miqdorini oshiradi., ko’saklarning chirishini bartaraf qilib hosilning o’z vaqtidaterib olishini ta`min etadi.

G’o’zalarda barg tushirish ko’saklar 60-70 % ochilganda boshlanib, magniy xlorat defolintidan o’simlik rivojiga qarab gektariga qarab gektariga 8-12 kg sarflandi. Paxta xosilini yig’ib terib olish. Paxta xosilini nes-nobud qilmay o’z vaqtida yig’ib-terib olish o’rta muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Paxta hosilini terib olish uchun eng avvalo dalani tanlab keyin tayyorlandi. G’o’za dalalarini paxta hosilini terib olishga tanlashda avvalo ekish muddatiga e`tibor qaratildi. G’o’zada 50-60 % ko’saklar ochilgan maydonlar aniqlanib eng avvalo sifatli defoliatsiya o’tkazildi. Defoliatsiyadan 10-12 kun o’tkandan keyin dalaga paxta terishga tayyorlandi. Har bir dalaga texnika kirish uchun yo’llar tayyorlandi. Sug’orish ariqlari ko’mildi, dala atrofi va ichida olingan o’q-oriqlar tekislandi.

Paxtani quritish maydonchalari tayyorlandi. Dala atrofidagi aylanma maydondagi paxtalar o’rib olindi, tirkamalar yurish uchun qulaylk yaratildi. Paxta terishga tushishdan oldin fermer dalaning 5 ta nuqtasidan konvert usulida 10 tadan o’simlik na`munasi olib, ushbu o’simliklardagi jami ko’saklar soni va shundan ochilgani sanab chiqildi. Na`munadagi 10 ta o’simlikdagi 150 ko’sakdan 120 tasi ochilgan bo’lsa bu 80-85 % ni tashkil etadi. Bunday dala terimga tayyor hisoblanadi.

Biz kuzatuv olib borganfermer xo’jaligi 3-kunda birinchi terimni tugatib 12-kundan keyin ikkinchi terimni boshlab 2-kunda tugatdi. Uchunchi terimni 15 kundan keyin terimga tushdi va 2 kunda terib paxta terimini yakunladi. Rejadagi paxtani 100 % birinchi sortga sotildi.





Download 12.43 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Download 12.43 Mb.