|
Biogaz va bioo‘git ishlab chiqarish qurilmalarining sxemasi
|
bet | 47/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)1.13. Biogaz va bioo‘git ishlab chiqarish qurilmalarining sxemasi
Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo‘lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning muqobil yo‘llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o‘rtasida hamda sanoat darajasida yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, bir qator xorij mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo‘llanilmoqda.
220 l ga ega bo‘lgan reaktor, propan balloni (suvli zatvor), biogaz yig‘ib olish uchun avtomobil kamerasi, kamerani bosib turuvchi yuk (yuk o‘rnida betonli tosh, qum to‘ldirilgan qop) va gazni o‘tkazuvchi vosita sifatida quvur va shlanglar kerak bo‘ladi.
1.6 – jadvalda kichik biogaz olish qurilmasi uchun kerakli jihozlar ro‘yxati berilgan.
1.6 – jadval
Kichik biogaz qurilmasi jihozlari
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu qurilmani qurish uchun juda kam mablag‘ talab etiladi. Qurilma ancha sodda bo‘lib, asbob-uskunalarsiz qurilmani yig‘ish mumkin. Bu qurilmani har bir xo‘jalik barpo etsa bo‘ladi.
Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan (1-10) m3 gacha hajmli bioreaktorlarda kuniga (50-200) kg xom ashyoni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bijg‘itish jarayoni 5 o C dan 20 o C gacha haroratda olib boriladi.
Ushbu bioreaktorlar janubiy mintaqalar uchun aralashmani aralashtirmasdan va qizdirmasdan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, biogaz va bioo‘g‘it olishga moslashtirilgan: yangi aralashmani quyish uchun yopiq idish, biogazni yig‘ish moslamasi, ishlatib bo‘lingan aralashmani quyish moslamalaridan iborat.
O‘rtacha bir oilaga mo‘ljallangan kichik hajmli biogaz qurulmasiga 200 kgli biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan holatda 1 m3 biogaz olish mumkin. Agar
har bir xo‘jalik egalari (0,5 – 1) m3 bioreaktor qurilmasini o‘rnatsa, kuniga (3 – 10) m3 gacha biogaz olishlari mumkin. 1.12-rasmda kichik hajmli biogaz olish uskunasining tuzilishi keltirilgan.
|
| |