|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 55/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)Ammoniyli tuzlar. Biogaz ishlab chiqarishda reaktor muhiti kislota yoki ishqorli muhitga aylanib ketishi ham mumkin. Bunga sabab, reaktordagi C (uglerod) va N
(azot) nisbatining buzulishidan kelib chiqadi. Muhit o‘zgarib, neytral sharoit bo‘lmasligi, metan hosil qiluvchi bakteriyalarning rivojlanishi uchun noqulay muhit bo‘lib hisoblanadi. Muhitning neytral holatini ta’minlash uchun azot tutgan ammoniyli
tuzlar yoki qoramol mochavinasidan foydalanish mumkin. Kimyoviy mahsulotni 1 m3 hajmiga (50 - 100) g kerak bo‘ladi. Ammoniy tuzlarining yana bir ahamiyatli tomoni, dastlabki biogaz qurulmasidagi mikrobakteriyalarning o‘sib rivojlanishida ozuqa vazifasini bajradi hamda mahsulotlardan biogaz chiqishida katalizator vazifasini ham bajaradi. Bu xususiyat ko‘proq qoramol mochavinasida yorqinroq seziladi. Buni reaksiyada quyidagicha ko‘rish mumkin:
Reaksiyadan ko‘rinib turbdiki, mochavina metan gazi hosil bo‘lishida ham ishtirok etmoqda.
Suv. Suv barcha tirik organizmlar uchun ob-hayot manbayi hisoblanadi, demak metan hosil qiluvchi mikrobakteriyalar uchun ham zarur.
1.8-jadval
Kichik hajmdagi qurilmaga sarflangan mahsulotlar
№
|
Xomashyo
|
100 kg ga nisbatan
|
1.
|
Barg
|
6 kg
|
2.
|
Tovuq go‘ngi
|
8 kg
|
3.
|
Mochavina
|
5 kg
|
4.
|
Suv
|
86 kg
|
Quruq holatdagi mahsulotlarni bir – biriga aralashtirish hamda reaktorga joylash, jarayondan so‘ng biomassani reaktordan chiqarib olish ma’lum darajada qiyinchiliklar tug‘diradi. Agar suv bilan suyuqlantirib olinsa, bu muammolar bartaraf etiladi hamda suyuq bioo‘g‘itdan maqsadli foydalanish imkoniyatlari qulay hisoblanadi. Suv dastlabki biomassani va har kunlik biomassaning (86 – 92) % ni tashkil etishi lozim.
Ana shu biomassani kombinasiyalashgan quyosh qurilmasidan (1.36-chizma) foydalanib distillangan suv va bioo‘g‘it olinadi. 1.8-jadvalda kichik hajmli biogaz qurilmasiga zarur xomashyolar ko‘rsatilgan.
|
| |