Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya




Download 3,21 Mb.
bet56/100
Sana11.12.2023
Hajmi3,21 Mb.
#115463
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

1.15. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya
Biogaz qurilmasidan chiqadigan gaz avval aytib o‘tilganidek, aralashma bo‘lib hisoblanadi. Biogazni asosiy tarkibiga yana bir bor to‘xtalsak, u (50-70) % metandan (CH4), shuningdek, 30-40% CO2, ozroq miqdorda H2S, NH3, H2, CO bo`lgan gazlar aralashmasidan iborat. Biogazda qo‘shimchalarni bo‘lishi, ayniqsa CO2 miqdorining ko‘pligi biogaz yonishiga xalaqit beradi. Chunki, CO2 kimyoviy jihatdan olganda yonib bo‘lgan gaz hisoblanadi, shu sababli bu gaz biogazda ortiqchalik qiladi.
Yana biogaz tarkibida qo‘shimcha sifatida uchraydigan H2S oz miqdorda bo‘lsa ham, juda katta hajmdagi biogaz qurilmasidan chiqayotgan biogazda uning miqdori
biogaz H2S, CO2, NH3dan anchagina yaxshi tozalangan holatda bo‘ladi va CH4
ko‘payib ketadi. H2S kislotalik xossasini namoyon qilib, po‘latdagi temir metali bilan ta’sirlashib, uning yemirilishiga, tez korroziyaga uchrashiga sabab bo‘ladi. Bu, albatta, biogaz ishlab chiqarishda ma’lum noqulayliklarni vujudga keltiradi va qo‘llaniladigan mashina va jihozlar umrini qisqartiradi hamda bu gazning yonishidan hosil bo‘lgan oltingugurt oksidlari atmosferani zaharlaydi.
NH3 va CO biogazda oz miqdorda bo‘lsa-da, ma’lum bir miqdorda biogazning yonishiga xalaqit beradi. Bu muammolardan kelib chiqqan holatda, biogazni qo‘shimcha gazlardan tozalash lozim. Buning uchun ham ma’lum bir gazlarni ajratishga mo‘ljallangan texnologik jihozlar kerak bo‘ladi. Gazlarni bir - biridan ajratish bosqichma - bosqich olib borilsa, juda katta texnologik qurilmalar zarur, bu esa juda katta sarmoyani talab etadi. Yana bir holat: bu texnologik qurilma va jihozlarni ishga tushirish uchun elektr toki yoki gaz yoqilg‘isi talab etiladi. Agar ajralib chiqayotgan biogazdan olinadigan foyda uni qo‘shimchalardan tozalashga ketadigan sarfdan kam bo‘lsa, bu iqtisodiy tanglikka olib keladi. Bu holat hech kimga ma’qul kelmaydi, albatta.
Shuning uchun biz kam sonli qoramol va parrandaga ega bo‘lgan xonаdon egalari biogaz qurilmasini barpo etishi va qish mavsumida kelib chiqadigan gaz muammolarini o‘zi hal qila oladigan bo‘lishi uchun biz biogazni qo‘shimchalardan
tozalashda oddiy, samarali va mablag‘ jihatdan arzon tozalash usulini ishlab chiqishimiz lozim.
Biogazni qo‘shimchalardan tozalash uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Buning uchun oddiygina ishlatish uchun yaroqsiz propan gaz ballonini olib,
unga yuqoridan tubigacha ichki qismiga quvur mahkamlanib, bu quvur reaktordan keladigan biogaz aralashma gaz quvurga o‘rnatiladi va ustki qismidan ichki tarafga ozgina kirgizgan holatda yana quvur mahkamlanadi. Bu tozalangan gaz uchun chiqish hisoblanadi. Propan ballon (suvli zatvor) ichiga 3/2 qismigacha suv to‘ldiriladi. Reaktordan keladigan biogaz aralashmasi kiruvchi quvur orqali propan ballon ichidagi suvga ochiladi va biogaz gazi suvda ma’lum miqdorda qo‘shimcha gazlardan tozalanib, zatvor yuqorisiga suv bilan to‘lmagan qismida to‘planadi. Bu to‘plangan
126
qo‘shimchalardan ham yuqori darajada tozalangan bo‘ladi. Biogazni H2S, CO2, NH3 lardan tozalashda bu gazlarning suvda eruvchanligi hisobga olinadi. Bu gazlarning suvda eruvchanligini ko‘rib chiqamiz.
CO2 – 20 0C 100 ml suvda 87,8 ml eriydi H2S – 20 0C 100 ml suvda 2,58 ml eriydi
NH3 – 20 0C 100 ml suvda 52,6 ml eriydi.
Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, H2S va NH3 miqdori juda oz bo‘lishini hisobga olganda, bu gazlarni suvda eritib, biogazdan tozalasa bo‘ladi. Bu gazlardan
tozalangan biogaz juda yaxshi yonadi, H2Sdan tozalanganligi sababli atmosfera
zaharlanishining oldi olinadi. H2S, CO2, NH3 erigan propan ballondagi suv vaqt - vaqti bilan yangilanib turiladi. Suv ballon pastki qismiga o‘rnatilgan chiqish quvuri orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi. Erigan gazlarga boyigan suv chiqindi sifatida tashlab yuborilmaydi, balki qishloq xo‘jalik ekinlari sug‘oriladi. Chunki, bu suvda erigan NH3 ammiakdagi azot o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun juda foydali hisoblanadi. Biogazni qo‘shimcha gazlardan tozalashda bu jihatlarni ham hisobga olish lozim.
Biogazni CO2 dan tozalashni yuqori darajaga olib chiqish uchun qo‘shimcha sifatida suyultirilgan ohakli zatvordan ham foydalansa bo‘ladi. Bunda quyidagi
kimyoviy reaksiya boradi.
Ca(OH)2  CO2  CaCO3  H2O
Ohakli zatvor unchalik ham muhim emas, chunki karbonad angidiridni suvda eruvchanligi juda yaxshiligi tufayli, suvli zatvorning o‘zi yetadi.
Katta hajmli biogaz texnologiyasidan foydalanib, biogaz ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, biogazda suv bug‘lari ham ko‘p bo‘ladi. Biogazni suvdan tozalashda tindirgichlardan foydalaniladi. Katta hajmli biogaz qurulmalaridan olinadigan biogazni
qo‘shimchalardan tozalashda ikki bosqichli tindirgich, undan so‘ng ikki bosqichli filtr va yana tindirgichdan foydalaniladi.
Bundan tashqari, biogazni qo‘shimchalardan tozalashda mahalliy xomashyolar asosida olingan sorbentlar yordamida ham tozalash mumkin. Buning uchun adsorbent
karbonat angidirid, vodorod sulfid va ammiak gazlarini tutib qoluvchi qo‘shimchalar
bilan bo‘yitiladi. Undan so‘ng biogaz adsorbentli filtrdan o‘tkaziladi va tozalanadi. Mahalliy xomashyolar asosida olingan sorbentlar o‘zimizning respublikada ishlab chiqarilishini hisobga olsak, bu sorbentlar iqtisodiy jihatdan qimmat hisoblanmaydi.

Download 3,21 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Download 3,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya

Download 3,21 Mb.