Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart talablari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarishning me’yoriy hujjatlari




Download 3,21 Mb.
bet57/100
Sana11.12.2023
Hajmi3,21 Mb.
#115463
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

1.16. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart talablari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarishning me’yoriy hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, biogaz va bioo‘g‘it olish korxonasiga yer ajratish sanitariya me’yorlari quyidagicha:
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan 2008- yilda tasdiqlangan 0246–08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholi joylarida atmosfera havosini asrash bo‘yicha sanitariya me’yorlari va qoidalari” sanitariya me’yorlari va qoidalari (SanPIN)ga asosan, quvvati yiliga 40 tonnadan ortiq chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan korxona sanitariya himoya mintaqasining masofasi 1000 metr, agar quvvati 40 tonnadan kam bo‘lsa, 500 metr deb belgilangan.
  • korxonaning ehtiyoji uchun davlat standarti texnik shartlarini ishlab chiqish masalasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining vakolatiga kirmasligi, lekin ushbu hujjatda atmosfera havosi, tuproq va yer osti suvlarini chiqindilardan muhofaza qilinishini

  • ta’minlash chora-tadbirlari ko‘zda tutilishi shart.
    «O‘zstandart» agentligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining
    «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, me’yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab
    qo‘yilgan, biogaz va bioo‘git ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjat (texnik shartlar yoki korxona standarti) ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 11 noyabrda 1422-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan.
    «O‘zstandart agentligida standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi»ga muvofiq o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadga muvofiq.
    Yuqoridagi sanitariya me’yorlari va standart talablari hali muqobil energiya

manbalari uskunalari, qurilishi va foydalanishiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga ruxsat berish qoidalarini qo‘llash uchun yetarlicha vaziyatni to‘la qamrab olmaydi.
Ammo muqobil energiya manbalari qurilmalarini hayotga tadbiq qilish uchun, ularni ekologik jihatdan muhimligini isbotlovchi me’yoriy huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni avvalo ta’lim tizimidan boshlab o‘rganishni taqqozo etadi.
So‘ngi yillarda dunyo ekologiyasining keskin o‘zgarishi ta’lim tizimida ekologik fanlarni yanada chuqurroq o‘qitishni talab etmoqda. BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlari strategiyasi ham ekologik ta’lim va tarbiya, sog‘lom muhit yaratishning poydevori ekaniga e’tibor qaratilgan. Mazkur Strategiyani amalga oshirish maqsadida respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish, ekologik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Strategiyasi hamda dasturi qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish ta’lim konsepsiyasida milliy ta’lim tizimiga singdirish bo‘yicha harakat dasturiga” muvofiq, ta’lim muassasalari tomonidan professional ta’lim va o‘qitishning barcha bo‘g‘inlarida o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
“O‘zbekistonda uzluksiz ekologik va barqaror taraqqiyot ta’lim tizimining joriy etilishi hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish” dasturi asosida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. YUNESKO tomonidan dunyoning barcha davlatlarida uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish hamda uning huquqiy asoslarini yaratish va tashkil etish vazifalari qo‘yildi.
Dunyo taraqqiyotida atrof-mihit muhofazasi va ekologik ta’lim, tarbiyaga alohida
e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ekologik asoslari yaratilib 300 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Mamlakatimizda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qo‘shma qaroriga asosan “Respublikada ekologik ta’limni rivojlantirish va ekologik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari” dasturi va konsepsiyasi, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarori hayotga samarali tadbiq qilinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan muqobil energiyadan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan.

Download 3,21 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100




Download 3,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart talablari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarishning me’yoriy hujjatlari

Download 3,21 Mb.