|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 59/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)2.1-rasm. Gal’vonometr
Ishlab chiqarish sharoitida va ilmiy tadqiqotlarda o‘zgarmas tok zanjirida (10–7 dan 106) A gacha tokni, (10 –7dan 108) V gacha kuchlanishni o‘lchash zarurati tug‘iladi. Quyosh nurini fotoelementlar yordamida hosil qilinadigan juda kichkina
toklari galvonometr yordamida o‘lchanadi.
Galvanometr yordamida qayd etilishi mumkin bo‘lgan eng kichik tok 10-11 A bo‘lib, undan kichigi esa bilvosita usullar yordamida (namuna qarshilikdagi kuchlanish pasayishi yoki kondensator zaryadi, induktivlik bo‘yicha) o‘lchanadi (2.1-rasm).
0,1 A dan 10 A gacha o‘zgarmas tokni o‘lchashda elektrodinamik ampermetrlarni
qo‘llash mumkin. Quvvat iste’molining kattaligi va sezgirligining pastligi bu asboblarning imkoniyatlarini chegaralaydi. Milliamperlarda hosil bo‘lgan tok kattaligini milliampermetrlarda o‘lchanadi (2.2-rasm).
10 A dan 100 A gacha o‘zgarmas tokni o‘lchashda yuqori o‘lchash chegarasi shuntlar yordamida kengaytirilgan ampermetrlar qo‘llaniladi.
2.2-rasm. Milliampermetrni umumiy ko‘rinishi
100 A va undan katta (metall eritish sexlari, elektroliz jarayoni, to‘g‘rilagich sxemalari, generator va motorlar qo‘zg‘atuvchi va yakor chulg‘amlaridagi va h.k.) toklarni o‘lchashda shuntlardan foydalanish o‘lchash zanjiridagi quvvat isrofini va o‘lchash xatoligining keskin ortib ketishiga olib keladi. Bunday hollarda bilvosita o‘lchash usullaridan foydalaniladi. Aksariyat hollarda tokli o‘tkazgich atrofidagi magnit maydonining ta'siridan foydalaniladi.
Tokni o‘lchash. Tokni o‘lchash uchun ampermetrlar ishlatiladi. Ampermetrning ko‘rsatishi uning o‘lchash mexanizmi orqali o‘tayotgan tok bilan belgilanadi. Shuning uchun ampermetr zanjirga ketma-ket ulanadi. Zanjirga ampermetr ulanganda tokning qiymati o‘zgarmasligi uchun asbob chulg‘ami bir necha o‘ramdan iborat bo‘lgan yo‘g‘on simlardan qilinadi (2.3-rasm).
2.3-rasm. Ampermetrning umumiy ko‘rinishi
Agar o‘lchanayotgan tok katta bo‘lsa, ampermetrga shunt ulanadi. Rsh shunt qarshiligi quyidagi munosabatdan topiladi:
Ra I x I a
I a
Rsh
(2.1)
bu yerda I x – o‘lchanishi zarur bo‘lgan tok kuchi,
I a – asbobning shuntsiz o‘lchay oladigan toki, 2.1 ifodadan.
I x Ia
Ia
Rsh Ra
(2.2)
Zanjirdagi I tokni o‘lchash zarur bo‘lsa, 2.1 formuladagiga ko‘ra toklarning nisbati quyidagicha bo‘ladi:
I I x Ra Rsh K
Rsh
Ia Ia
(2.3)
bu yerda
I KI a
I a – asbobning ko‘rsatishi.
|
| |