Gaz ishlab chiqarish qurilmasini ishga tushirish




Download 3,21 Mb.
bet52/100
Sana11.12.2023
Hajmi3,21 Mb.
#115463
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

Gaz ishlab chiqarish qurilmasini ishga tushirish. Qurulma ishlashga to‘liq
tayyorligiga ishonch hosil qilingach, ishga tushiriladi. Reaktorga solinadigan go‘ng yoki chiqindi yangi, juda eskirib ketmagan bo‘lishi kerak va ichida qattiq bo‘laklar (sement, qum, tosh bo‘laklari, o‘simliklarning qattiq tana qismlari) bo‘lmasligi kerak. Ular biogaz hosil bo‘lishini sekinlashtirish va aralashmani aralashtirishga xalaqit beradi. Agar solinadigan go‘ng yoki hayvon va o‘simlik chiqindilari 5 kundan ortiq saqlangan bo‘lsa, reaktorda kislota miqdori ortib, bijg‘ish jarayoniga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Natijada reaktordagi mikroorganizmlarning maqbul barqarorligi buzilib, jarayonning me’yorda borishi buziladi. Reaktorga solinadigan xomashyo reaktor ichki hajmining 2/3 qismini egallashi kerak, qolgan bo‘shliq biogaz to‘planishi uchun kerak bo‘ladi. Yuklanadigan xomashyo talabga javob bersa, idishga solinadi va suv bilan to‘ldiriladi (bunda namlik 80 – 90% gacha bo‘lishi kerak).
Yirik shoxli qoramollar va cho‘chqalar go‘ngining boshlang‘ich namligi 82%, parrandalarda esa 75% bo‘lishi mumkin. Reaktorga yuklanadigan xomashyo sovuq bo‘lmasligi lozim, uning harorati bijg‘ish jarayoni haroratiga yaqin bo‘lishi kerak.
Biogaz qurilmasining yaxshi ishlashi reaktordagi metan hosil qiluvchi
mikroorganizm shtamplari miqdoriga bog‘liq. Ular yirik shoxli qoramollar go‘ngida ko‘p bo‘ladi. Maqbul bijg‘ish jarayoniga erishish uchun quydagi usullarni qo‘llash mumkin:
  • Reaktorni iliq suv bilan to‘ldirish va unga hayvonlar go‘ngi oqavasini qo‘shish;
  • Reaktorni yangi g‘o‘ng oqavasi bilan to‘ldirish;
  • Reaktorga issiq gaz hamda vaqti – vaqti bilan g‘o‘ng oqavasini yuklash.

  • Reaktorda mikroorganizmlarning o‘sishi uchun reaktorga asta issiqlik berish kerak. Kerakli haroratga erishguncha sutkada 2 - 3 gradusdan oshirib boriladi. 7 - 8 kundan keyin reaktorda mikroorganizmlarning yashash faolligi kuchayib, biogaz ajrala
    boshlaydi va hosil bo‘lgan metan yonishi mumkin, lekin yaxshi yonmaydi, vaqt o‘tishi bilan metan hosil bo‘lishi kuchaydi va biogaz juda yaxshi yona boshlaydi. Reaktorga tovuq go‘ngidan tashqari qoramollarning go‘ngi, cho‘chqa va boshqa qushlarning go‘ngini ham solish mumkin.

    Download 3,21 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Download 3,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gaz ishlab chiqarish qurilmasini ishga tushirish

Download 3,21 Mb.