|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 48/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)1.12-rasm. Kichik hajmli boigaz olish uskunasi
Qayta ishlangan biomassa bioreaktordan yangi aralashma quyishdan avval yoki hosil bo‘lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib olinadi. Ushbu quyib olingan biomassa (bioo‘g‘it) maxsus idishda (vaqtinchalik yig‘gich) saqlanadi. Uning hajmi bioreaktor hajmidan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu tipdagi oddiy biogaz uskunasidan har qanday fermer xo‘jaliklari o‘z hududlarida qurib foydalanishlari mumkin.
Ushbu oddiy tipdagi biogaz uskunasini qurish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- xo‘jalikning kunlik chiqindisi hajmidan kelib chiqib, bioreaktor hajmini tanlash;
- biogaz uskunasiga aralashmani yuklash va quyib olish uchun mos keladigan joyni tanlash;
- bioreaktordan aralashmani quyib olish uchun qulay bo‘lgan holdagi quyish, yuklash quvurlarini tanlash va o‘rnatish;
- so‘ngra yuklash idishi va biogaz yig‘iladigan moslamani tanlash va yig‘ish;
- bioreaktorning germetikligini tekshirish, bo‘yash va issiqlikdan ajratilganligini ta’minlash zarur.
Aralashmani qo‘lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida
aralashmani qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasi quyidagi jihozlardan tashkil topgan:
- Reaktor;
- Yangi xomashyolarni yuklash uchun idish;
- Biogaz chiqish qurulmasi;
- Yangi suyuq go‘ng yuklash qurilmasi.
Qurilmani o‘rnatish tartibi:
- Xo‘jalikda to‘plangan bioaralashma miqdorini aniqlash;
- Reaktordagi kerakli hajmni aniqlash;
- Qurilma joyini aniqlash;
- Reaktor uchun kerakli materiallarni tayyorlash;
- Kiritish va chiqarish quvurlarini tekshirish;
- Reaktorni o‘rnatish;
- Yuklash idishini tayyorlash;
- Gaz chiqarish quvurini o‘rnatish;
- Xomashyo idishi uchun qopqoq tayyorlash;
- Reaktorning germetikligini tekshirish;
- Bo‘yash va issiqlikdan ajratish materiallarni o‘rash;
- Biogaz qurilmasini ishga tayyorlash.
|
| |