|
Biogaz qurilmasining ishlash jarayoniga tayyorlash
|
bet | 50/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)Biogaz qurilmasining ishlash jarayoniga tayyorlash. Reaktor yopiqligini (havo kiradigan hech qanday ochiq joy bo‘lmasligi) tekshiriladi. Gaz tizimiga monometr hamda qulflar o‘rnatiladi, berkitilib, monometr yordamida reaktor ichidagi bosim o‘lchanadi.
Nasos yordamida reaktor ko‘rsatgichga qadar to‘ldiriladi. Ortiqcha havo bir
tomonlama harakatlanuvchi klapan orqali chiqarib yuboriladi. Shundan so‘ng monometr ko‘rsatgan raqam qayd qilinib, reaktor bir kecha kunduzga qoldiriladi. Reaktorda va gaz sistemada bosim bo‘lmagan taqdirda, monometr bir kecha kunduzda davomida o‘zgarmasa yoki kam o‘zgarsa, reaktorda germetiklik yetarli darajada ta’minlangan bo‘ladi.
Biogaz ishlab-chiqarish asosi bo‘lib, bijg‘iydigan reaktor hisoblanadi, ularning xillariga qarab, har-xil tarkibga va turga ega bo‘lgan go‘ng anaerob sharoitda bijg‘itiladi.
Birinchi avlod an’anaviy reaktorlarning har-xil konstruksiyaga va texnologik yechimga ega bo‘lganlari bor. Bu reaktorlar ba’zida ikki yoki undan ko‘proq bo‘linmaga bo‘lingan bo‘ladi. Bu bo‘linmalarda anaerob bijg‘ish bosqichlarini qisman ajratib turish amalga oshiriladi.
Reaktorlarning konstruksiyasi xilma-xil bo‘lib, bir-biridan, asosan, gidravlik
bosqich (davriy yoki oqib to‘ladigan) yoki yuklash usullari (doimiy yoki davriy) bilan farq qiladi. Go‘ngni to‘xtovsiz (doimiy) yuklaganda, ma’lum vaqt o‘tishi bilan (1 kecha kunduzda 10 martagacha) go‘ng yuklanadi va o‘shancha bijg‘ib bo‘lgan go‘ng chiqarib tashlanadi. Bijg‘ishning barcha shartlarini saqlaganda, mana shu usul bilan eng ko‘p miqdorda biogaz olish mumkin. Reaktorlar navbatma-navbat to‘ldiriladi. Bunda yangi solingan go‘ng bijg‘itilgani bilan aralashtiriladi.
Gaz (5-10) kun orasida paydo bo‘la boshlaydi va yuqori cho‘qqiga chiqqandan keyin, sekin pasayib boradi. Gazning paydo bo‘lishi minimumga yetganda, bijg‘ib
bo‘lgan go‘ng chiqarib tashlanib, reaktorlarga toza go‘ng yuklanadi.
Anaerob holatda go‘ng saqlaydigan inshootlarda hosil bo‘lgan biogazni yig‘adigan, haroratni va eritma muhitini ushlab turadigan sintetik yopgich hamda sekin aralashtirib beradigan, qolgan go‘ngni qaytadan aralashtiradigan uskunalar bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunday inshootlarning ustunligi, ular tuzilishining oddiyligi hamda uchib yuradigan mayda moddalarga sezgirligining pastligida bo‘lsa, kamchiliklari – katta maydonni egallashi hamda qish vaqtida ko‘p miqdorda issiqlikni yo‘qotishidir.
1.35 - chizma. Bioreaktor ichida aralashmani qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz qurilmasi sxemasi
1.35-chizmada keltirilgan qurilma 1 – suv qizdiriladigan qozonxona, 2 – aralashma yuklanadigan idish, 3 – aralashtiruvchi moslama, 4 – bioreaktor, 5 – suv mahkamlagich, 6 – gaz chiqishi, 7 – qayta ishlangan aralashmani quyib oluvchi idish, 8 – qayta ishlangan aralashma (bioo‘g‘it) saqlanadigan joy, 9 – quyib olish quvuridan tashkil topgan.
Ko‘pchilik (hozirgi kunda ishlab turganlarining 68 foizi biogaz qurilmalari bir bosqichli, to‘liq aralashadigan oqish tipida qurilgan. Ammo bunday qurilmalarning salbiy tomoni shundan iboratki, bularda go‘ngni to‘liq bijg‘ishi amalga oshirilmaydi (ba’zida bijg‘imagan go‘ng ham o‘tib ketadi va shu sababli biogaz miqdori past bo‘ladi).
Oquvchi reaktorlar boshqalariga qaraganda yaxshiroq bo‘lib, unda suyuq yoki yarim suyuq go‘ngdan (namlik 91-96%) biogaz olinadi. Bunday qurilmalarning samaradorligi juda ham past, shu tufayli ham ulardan foydalanilmaydi yoki juda kam
foydalaniladi.
|
| |