• 2.4- jadval Bijg‘itilgan go‘ng tarkibida kuchli hid beradigan moddalar miqdori Birikmalar Tabiiy go‘ng, %
  • -jadval Go‘ng kimyoviy tarkibining bijg‘ish jarayoni vaqga qarab o‘zgarishi (%)




    Download 3,21 Mb.
    bet70/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

    2.3-jadval Go‘ng kimyoviy tarkibining bijg‘ish jarayoni vaqga qarab o‘zgarishi (%)

    Bijg‘ish davri, bir kecha kunduzda

    Azot

    P2O5

    K2O

    Numumiy

    Umumiy N

    Ammoniylik N- NH4

    0 (nazorat)

    0,32

    0,13

    0,11

    0,24

    12,2

    5

    0,31

    0,13

    0,11

    0,24

    11,9

    10

    0,31

    0,16

    0,11

    0,24

    10,5

    15

    0,31

    0,16

    0,11

    0,24

    9,6

    Go‘ngni anaerob bijg‘itish atrof-muhit muhofazasi uchun qanchalik foydali ekanligini iqtisodiy hisob-kitob qilish ancha mushkul vazifa. Bu yo‘l bilan ishlov berilgan go‘ng, biologik mo‘tadil holatda bo‘lib, hashorotlarni o‘ziga tortmaydi (2.4- jadval). Anaerob bijg‘ishdan keyin, go‘ngdagi qo‘lansa hid beradigan moddalar yo‘qoladi.
    2.4- jadval Bijg‘itilgan go‘ng tarkibida kuchli hid beradigan moddalar miqdori

    Birikmalar

    Tabiiy go‘ng, %

    Bijg‘itilgan go‘ng, %

    Fenol

    100

    4

    Krezol «P»

    100

    10

    Skatol

    100

    79

    Moy kislota

    100

    3

    Tabiiy resurslardan foydalanganda qo‘yiladigan ekologik talablar xo‘jalik hisob- kitobi sharoitida, «ulardan foydalanilganda o‘rniga qo‘yish» degan iboralar qonuniy hujjatlar asosida ishga tushganda alohida ahamiyat kasb etadi.
    Xitoyda o‘g‘it sifatida foydalanishda poliz ekinlari, bug‘doy o‘simliklari, sholipoyalarni o‘g‘itlashda, quruq holatga keltirilgan bioaralashmada qo‘ziqorin
    yetishtirib, yetishtirish tezligini 2 barobarga oshirishga erishganlar.
    O‘simlik uchun suyuq holatdagi bioo‘g‘itni suspenziya shaklida to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘simlik tanasiga sepilsa, o‘zlashtirish uchun qulay holatda mineral moddalarni
    o‘simlik barglari orqali oson o‘zlashtirib oladi. Buning natijasida mo‘l hosil olish imkoniyati yanada oshadi.
    Biogaz qurilmasida bijg‘ish natijasida issiqlik ajralib chiqishi sababli go‘ngdagi hazm bo‘lmagan begona o‘tlarning urug‘ini va gelmitlarni nobud qiladi. Bioo‘g‘itdan foydalanayotgan aholi uchun bezarar hisoblanadi.
    Energiyaning bahosi ko‘tarilib ketayotgan mana shu davrda, ayniqsa, anaerob biologik jarayondan foydalanish katta iqtisodiy foyda keltiradi. Go‘ngni anaerob
    sharoitida tozalash nafaqat energiya manbayi sifatida, balki qo‘shimcha energiya manbayi sifatida qaralmog‘i lozim.
    Biogaz qurilmasidan chiqayotgan mahsulotlardan yoqilg‘i sifatida, elektr
    energiya va o‘g‘it sifatida foydalanish mumkinligi aniq. Ammo biogaz chiqindisi bo‘lgan bioaralashmadan uning tarkibini o‘rgangan holatda hayvonlar uchun ozuqaviy maqsadda ham foydalansa bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Agar hayvon ozuqasiga bioaralashma aralashtirilib berilsa, ozuqaning sifat ko‘rsatkichi juda yuqori darajaga yetadi.
    Suyuq holatdagi bioaralashma cho‘chqa ozuqasiga qo‘shib berilsa, cho‘chqa semirishi 1-2 barobar tezlashadi hamda cho‘chqaning bo‘yiga, eniga o‘sishi nisbatan yuqori bo‘ladi.
    Baliqchilik hovuzlarida baliq ivildirig‘ini hovuzga tashlagandan so‘ng, kuchli
    ozuqaviy muhitda boqilsa, 6 oy davomida baliq vazni (2 – 3) kg ga yetadi. Agar o‘rta
    ozuqaviylik muhitida boqilsa, 6 oyda (1,5 – 2) kg ni tashkil etadi. Yuqori ozuqaviy muhitda boqilgan baliqlar ozuqa narxi qimmatligi hisobiga, baliq tannarxi qimmatga
    tushadi, bu esa daromadni kamaytiradi. Shuning uchun baliqchilik hovuzlarida baliqlar o‘rta darajada ozuqaviy muhitda belgilangan kilogrammni olish uchun ko‘proq vaqt davomida boqiladi.
    Agar baliq ozig‘i o‘rta darajada berilib, qo‘shimcha sifatida biogaz qurilmasidan chiqqan suyuq holatdagi bioaralashma hovuzlarga sepib turilsa, belgilangan 6 oy
    davomida baliq vazni (2-3) kg ni tashkil etadi. Bioaralashma nafaqat baliqlar uchun ozuqa, balki hovuzdagi baliqlar oziqlanadigan o‘simliklarni tezda o‘sishiga ham sabab bo‘ladi. Bu o‘simliklar bilan ozuqa va bioaralashma bilan oziqlangan baliqlar tezda yetilib, daromad beradi.

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




    Download 3,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Go‘ng kimyoviy tarkibining bijg‘ish jarayoni vaqga qarab o‘zgarishi (%)

    Download 3,21 Mb.