• “Ona tili — bu millatning ruhidir” I.Kirish: Sinf saoti mashg`ulotning maqsadi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Мустақиллик – муқаддас неъмат




    Download 8.3 Mb.
    bet11/12
    Sana01.09.2022
    Hajmi8.3 Mb.
    #25537
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    5-Sinf (2)
    Adebiyatlar, Matematik modellarni qurish, олтин тож сенарийси 8 синф, 8-sinf matematika, Shodiyev Erkin 9, Shodiyev Erkin 8, Shodiyev Erkin 7, Shodiyev Erkin 5, Shodiyev Erkin3, Mustaqil ish 5 Modul namuna (2), Sodiqova Marjona 201 guruh 8 mavzu, 4-mavzu, WRITING TASK1 @blog of diara, 10-Mavzu operatsion
    III.Yakuniy qism.
    IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
    V. O’quvchilarni baholash.
    VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.


    MMIBDO`:_______________________________
    Sana:________________
    6-mavzu:Ona tilim-davlat tilim(O`zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilingan kun munosabatibilan)
    Kun shiori: “Ona tili — bu millatning ruhidir”
    I.Kirish:
    Sinf saoti mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada:“Ona tilim, davlat tilim, o`z tilim-bo`lgin deyman-jahon tillaridan biri”
    O`qituvchi:
    Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir.
    Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo'yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a'zolari aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o'rganib, respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo'yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo'lib o'tdi.
    Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o'ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo'yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo'lmish ona tilimiz o'zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. Bu Vatanimiz tarixida torn ma'nodagi buyuk voqea edi.
    1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
    Topshiriq: “Til dil kaliti” mavzusida “kichik hikoya” yaratish.
    Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.

    Download 8.3 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 8.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мустақиллик – муқаддас неъмат

    Download 8.3 Mb.