O'qitish va o'qish jarayonlari tavsifi, o'quv jarayonida ularning o'zaro bog`liqligi




Download 325,21 Kb.
bet23/62
Sana29.05.2024
Hajmi325,21 Kb.
#256702
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirl-hozir.org

O'qitish va o'qish jarayonlari tavsifi, o'quv jarayonida ularning o'zaro bog`liqligi.

O`quv jarayonining mohiyati davlat ta‘lim standarti fan bloklarida ko`rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o`zlashtirib olish, zarur malaka, ko`nikmalarni egallashdan iborat. Tinglovchi bilimlarni o`qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ularni tahlil qila olishi, boshqa o`quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo`llay olish malakalarini ham egallashi zarur.
O`quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o`stirish, tug`ma iqtidor (iste‘dod) kurtaklarini rivojlantirish, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat .
Inson hayotida o`qish-o`rganish jarayoni umr bo`yi davom etadigan ijtimoiy – pedagogik hodisa. Demak, o`quv yurtida ta‘lim olish davrida tinglovchi o`z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o`qib – o`rganish malaka va ko`nikmalarini hosil qilishi lozim. Maktabda o`quv jarayoni – tinglovchi bilan o`qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Tinglovchi - o`quv jarayonining subyekti, o`qituvchi ta‘lim jarayonining boshqaruvchisi (menejeri) hisoblanadi.
2. Pedagogik-psixologik fanlar, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o`quv (didaktik) jarayoni, jumladan oliy ta‘lim muassasasidagi o`quv jarayoni ham, to`rtta bir-biri bilan uzviy bog`liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir: 1-motiv-maqsad (M.M.); 2-tinglovchining o`quv-biluv faoliyati (O`.F); 3-o`zlashtirish faoliyatini boshqarish (B); 4-ta‘limning natijasi (N).
Demak, oliy maktabda o`quv jarayoni (O`.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin. O`J=M.M+O`.F+B+N .
3. O`quv jarayoni qismlaridan har birida qanday maqsad (o`quv vazifasi)ni bajarish nazarda tutilganiga qarab, ta‘lim-tarbiya jarayonining turli texnologiyalari hosil bo`ladi. Bunday texnologiyalar soni juda ko`p bo`lishi mumkin. Ta‘lim-tarbiya vazifasini bajarish qulay bo`lishi uchun mavjud texnologiyalardan qaysi birini tanlash ma‘lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta‘limning maqsadi (o`quv-biluv vazifasi) va o`quv jarayoni o`zaro bir-biriga aynan mos bo`lishi kerak ya‘ni har bir didaktik maqsadga ma‘lum bir ta‘lim-tarbiya jarayonida (darsda) erishish mumkin va har bir darsda erishish mumkin bo`lgan o`quv vazifasi qo`yilishi zarur.
4. Pedagogik texnologiyani amaliyotda qo`llash paytida moslik va jadallik printsiplariga rioya qilinadi.
Moslik printsipi – ta‘lim-tarbiya jarayonini tinglovchining bilim o`zlashtirish qobilyati, xotirasi va aqliy kuchlari o`sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o`qishga bo`lgan xohish va qiziqishi moslik printsipining ko`rsatkichi hisoblanadi.
Jadallik printsipi – o`quv-biluv vazifasini tezroq va yuqoriroq darajada ro`yobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko`proq samaraga erishishni nazarda tutadi. Tinglovchining bilim o`zlashtirish tezligi jadallik printsipining ko`rsatkichi hisoblanadi.
1. Motiv – kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da‘vat, turtki hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma‘nolarni ham anglatadi. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta‘kidlanganidek, agar o`quv ishi (o`quv- biluv vazifasi) tinglovchi uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo`lsagina, kishida unga qiziqish, motiv uyg`onishi va ta‘limning maqsadi tinglovchining o`z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professor – o`qituvchilar tinglovchida o`qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta‘lim jarayonini mavjud motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zurur.
2. Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish – bu, murakkab ruhiy jarayondir. Motivlarni shakllantirish malakasi individual - shaxsiy xususiyatga ega bo`lib, ta‘limning maqsadi, shart-sharoiti, vaziyati bilan o`qishni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini taqozo qiladi.
3. Tinglovchida bilim egallashga intilish (motiv) uyg`otish - ilg`or, ijodkor o`qituvchilarga xos xususiyatdir. Kishida o`qishga motiv hosil bo`lgani (mavjudligi)ni ko`rsatuvchi muhim belgilardan biri – o`quv topshirig`ini bajarishga tezda va astoydil kirishib ketishi, o`qishga bo`lgan qiziqishining barqarorligidir. Tinglovchining bilim olish motivlari kuchli yoki kuchsiz bo`lishi mumkin. Motivlar o`z-o`zidan paydo bo`lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli yo`llari, usullari mavjud.
4. Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri – o`quv mashg`uloti yoki darslikdagi matnning qiziqarliligidir. “Qiziqarli fizika”, “qiziqarli himiya”, “mo`‘jizasiz mo`‘jiza” kabilar bunga misol bo`la oladi. Demak, tinglovchida shu fanni o`rganishga motiv hosil bo`lishi uchun professor-o`qituvchi, avvalo, o`quv mashg`ulotini qiziqarli, faol shakl-usullarda tashkil eta bilmog`i lozim.
5. O`quv mashg`ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish yoki shu fanni, mavzuni o`rganishda tinglovchi uchun shaxsiy qimmatli, ahamiyatli o`quv-biluv vazifalarini qo`ya bilish – motiv hosil qilish yo`llaridan biridir.
Tinglovchi o`zi tanlagan kasbini chuqurroq, puxtaroq egallashi, kelajakda raqobatbardosh mutaxassis, jamiyatda obro`li kishi bo`lishi uchun bu predmetni yaxshi, mukammal egallashi zarurligini anglashi ham motiv hosil qilishning muhim usullaridan hisoblanadi.
6. Ta‘limning maqsadi real, aniq va diagnostik bo`lishi – motiv hosil qilishning muhim omillaridan hisoblanadi. O`qitish va bilim o`zlashtirishning maqsadi mavhum, noaniq bo`lsa, tinglovchi o`qishga, bilim egallashga qiziqmay qo`yadi.


Download 325,21 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Download 325,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'qitish va o'qish jarayonlari tavsifi, o'quv jarayonida ularning o'zaro bog`liqligi

Download 325,21 Kb.