• Yopiq turdagi testlar
  • Moslashtirish testlari
  • Ta’riflash testlari .
  • Esse testlari
  • N. A. Kayumova




    Download 3,81 Mb.
    bet74/98
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,81 Mb.
    #105149
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
    Bog'liq
    fayl 1654 20210826

    Testlarning turlari. Test topshirig‘ining turlari 3.2-rasmda keltirilgan bo‘lib testning quyidagi turlarini tuzish mumkin.
    Ochiq turdagi testlar. Berilgan savolga talaba erkin javob bera oladigan bo‘lsa, test topshirig‘i ochiq shaklga ega bo‘ladi.
    Misol. 1.Nima uchun pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash kerak?___________________________________________ _________________________________________________________________

    16.2 - rasm. Informatikadan testlarning turlari


    Yopiq turdagi testlar. Test topshiriqlari sifatida berilgan savol, topshiriqqa turli variantlardagi javoblarni nazarda tutuvchi test
    Muqobil (mantiqiy) test. Bunday testlarda javoblarning bir-biriga qarama-qarshi ikki varianti («ha» – «yo‘q», «to‘g‘ri» – «noto‘g‘ri» va h.k.) mavjudligi nazarda tutiladi.
    Misol. 2. Internetdan foydalanish uchun modem kerakmi?
    a) Ha b) Yo‘q To‘g‘ri javob: a)

      1. Moslashtirish testlari. Ularning mohiyati bir ko‘p sonli elementlarining boshqa ko‘p sonli elementlarga muvofiqligini aniqlash zaruratiga asoslangan. Bu ikki ro‘yxat bir-biriga moslashtiriladi.

    1-ro‘yxat 2-ro‘yxat
    1. “Matn muharriri dasturi”-... A) MS Access;

      1. “Elektron jadval dasturi”-... B) MS Word

      2. “Prezentatsiya yaratuvchi dastur” -... S) MS Power-Point

      3. “Ma’lumotlar bazasi” -... D) MS Excel

    Ta’riflash testlari. Bunday testlarda odatda ta’rif keltirilib unda nima ta’riflanayotganligini talaba tomonidan topish talab etiladi.
    Misol. 1.Ovoz, matn, rasm va boshqa qo‘shimcha elementlardan tashkil topgan tuzilishga ega matn-bu.......
    A) asosiy matn
    B) gipermatn
    S) oddiy matn Javob: B) gipermatn
    Esse testlari (esse-erkin fikrlab yozilgan, uncha katta bo‘lmagan nasriy bayon). Bu tipdagi testlarda savol matn yoki tasvir qo‘rinishida bo‘lib, talaba o‘zining individual qarashlarini mustaqil, ijodiy yondashib unda bayon etadi. O‘qituvchi uni o‘qib, baholaydi, izoh yozadi [61].
    Misol. 1.Siz kelajakda o‘z ish o‘rningizni qanday tasavvur etasiz?

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




    Download 3,81 Mb.