19
elementlari, analitik-sintеtik tovush mеtodi, savod o‘rgatish, diffеrеntsial
yondashish, o‘qitishning istiqboli, nutqiy tayyorgarlik, o‘qish ko‘nikmasi, yozuv
ko‘nikmasi, tovush tahlili, tovush—harf tahlili
2.1.Savod o‘rgatish metodikasininig maqsad va vazifalari
O‘qish va yozish nutq faoliyatining turi. Maktabda o‘qitish elementar
o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa
vaqt ichida o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi, ya’ni o‘qish
va yozish
ko‘nikmasini egallaydilar.
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq
ravishda bajara olish
o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Bu ko‘nikma
bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim
ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola
v harfining
elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday
joylashtirilishini bilib, uni
daftarda yoza olmasligi yoki o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi
mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil qilish
uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni
yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish,
daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi.
O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o‘quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida
o‘ylab o‘tirmay, so‘z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak,
o‘qish va yozish