U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham 
u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo 
saqlanadi. 
2. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan 
ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. 
Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, 


22 
g‘, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga 
asoslaniladi. 
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor 
tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni 
bo‘g‘in va so‘z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g 
undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini 
o‘rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi 
bosqichida o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. 
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar 
ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini 
tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qilish
keyingi darsda esa sirg‘aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu 
ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan 
bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. 
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch 
tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. 
O‘quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga 
ko‘nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtab 
o‘tilmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida 
dastlabki tushunchalar beriladi, ularning talaffuzi va yozuviga e’tibor qaratiladi. 
X va H tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki 
tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham 
uyushtiriladi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish