20
O‘quvchini savod o‘rgatish jarayonida elementar o‘qish
va yozishga
o‘rgatishda o‘quvchilarning faoliyat ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari
uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat
va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining
muvaffaqiyatli amalga
oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga
o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat
muntazam ravishda mashq
qildiriladi. Shunday ekan, savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va
yozishi zarur. O‘qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki
bir matnni bir necha bor qayta o‘qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu
ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda
vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam
beradi, qobiliyatni o‘stiradi. O‘quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan
maqsad o‘qish va yozishni o‘rganish hamda hozirda bajarishi shart bo‘lgan
kundalik maqsad topishmoqni o‘qish va javobini topish, so‘z va gaplarni o‘qish,
rasm asosida so‘zlab berish kabilar turadi.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‘qishda grafik
shakllar
tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha,
tovushlar harflarga
aylantiriladi. Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun qiyinchilik
tug‘dirgandek
tuyulsa-da, aslida o‘qish va yozish jarayonini soddalashtiradi,
chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‘p emas. O‘qish va
yozishni o‘zlashtirish uchun tovush va harflarning o‘zaro
munosabatiga oid
qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili
tovushlar va harflar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab
etiladi.