|
N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasiBog'liq 12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4BAlifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar
alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar
osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, l
kabi), keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa undoshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j,
harf birikmalari (ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (’) bilan
tanishtiriladi.
O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o‘qishni
muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini
aniqlash, bo‘g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash,
kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili
kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo‘g‘inlab o‘qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq (na, ni,
mu kabi), ikki harfli yopiq (in, ol kabi), uch harfli yopiq bo‘g‘inlarni (mon, lim,
til kabi) o‘qishga o‘rgatiladi.
36
Alifbo davrini o‘rganiladigan tovush-harfning va o‘quv materialining
murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga ajratish mumkin:
1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in,
bi-lan tuzilishidagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich;
2) artikulyastiyasi qiyin bo‘lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st,
rasm kabi tuzilishdagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich;
3) o‘rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni
ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring,
|
| |