• 1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (“harfiy metod”).
  • Savod o‘rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Savod o‘rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili. Eski maktabda 
    o‘qish bilan yozish bir vaqtda o‘rgatilmagan, avval faqat o‘qish o‘rgatilgan. 
    O‘qish hijo (bo‘g‘in) usuli bilan o‘rgatilgan. O‘qishga o‘rgatishning “hijjai 
    qadimiy” deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o‘zgarishsiz 
    davom etib kelgan. 


    25 
    Hijo usulida o‘qishga o‘rgatishni 3 bosqichga bo‘lish mumkin: 
    1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (“harfiy metod”). Bu 
    metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo‘lgan: bir necha yildan beri 
    o‘qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik 
    surani og‘zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so‘zlarining ma’nosini 
    tushunmay, suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin 
    vaqt o‘tgan. Shundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har 
    ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor 
    taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg‘iz shaklini 
    alifbo tartibida bandlarga bo‘lib yozib bergan. 
    Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan. 
    Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni 
    yaxshilab o‘rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab 
    olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va hok. Bolalar 28 harf nomini 5-6 
    oyda zo‘rg‘a bilib olganlar, ularning ko‘pchiligi harflarning nomini yodlab 
    olsalar ham, qaysisi be (ﺏ), qaysisi se (ﺙ) ekanini ko‘rsatib bera olmaganlar. 
    Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish 
    maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o‘ylab topganlar (ﺍ-uzunchoqqina 
    alif, ﺏ - bittagina be, ﺕ - ikkitagina te, ﺙ - uchtagina se kabi). 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savod o‘rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish