2-bosqich. Bo‘g‘in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo‘lingach, bo‘g‘in
hosil qilishga, ya’ni “zeru-zabar” ni o‘rgatishga o‘tilgan. Eski maktabda “zeru-
zabar” (zabar, zer, pesh) har xil o‘rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar ﺏ
(be,
zabar-ba), be-zer-bi, be-pesh-bu, te-zabar-ta va hok. kabi o‘rgatsalar,
boshqalari be zabar ba, te zabar ta kabi, yana birovlari be-zabar-a; zer-i, pesh-
u; te-zabar-a, zer-i, pesh-u va hok. deb o‘rgatganlar.
Maktabxonada “zeru zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi
aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-
undosh harf ustidagi urg‘u belgisiga o‘xshash chiziqcha bo‘lib, undoshga a unli
tovushini qo‘shib aytish zarurligini ko‘rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi
chiziqcha bo‘lib, shu undoshga i unli tovushini qo‘shib aytish kerakligini
26
bildiradi; pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo‘yiladigan belgi bo‘lib, shu
undosh tovushga u unlisini qo‘shib aytish zarurligini ko‘rsatadi. Demak, arabcha
matnlarni o‘qish uchun “zeru zabar”ni bilish juda zarur bo‘lgan, ammo o‘qishga
o‘rgatish anglab o‘qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabar ma, mim zer
mi, mim pesh mu deb yodlaganlar, “zeru zabar”ning mohiyatini anglamaganlar.
3-bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo‘g‘inlarni qo‘shish
“abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili
alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so‘zni “zeru zabar” bilan yozib bergan.
Bolalar bu 8 ta so‘zni birin-ketin hijo usulida o‘qib yodlab olganlar. Masalan,
abjad so‘zi alifga zabar qo‘yib, bega urishtirilsa ab, jimga zabar qo‘yib, dolga
urishtirilsa jad, bularning ikkisidan abjad hosil bo‘lgan.
Abjaddan keyin eski maktab o‘quv kitobi bo‘lgan “Haftiyak”ka o‘tilgan.
“Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o‘qitilgan. Bolalar
“Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o‘qish uchun juda ko‘p vaqt va kuch
sarflaganlar.
So‘zni hijo usulida o‘qishda avval so‘zdagi birinchi undosh harfning, keyin
ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo‘yib hijo hosil
qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-
biriga qo‘shib, bu so‘z bir butunicha aytilgan. So‘zni hijo usulida o‘qishda
tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan.
So‘zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan,
tovushlarning qo‘shilishi bolalarga tushunarli bo‘lmagan, bolalar so‘zdagi har
bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida
o‘qishga o‘rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo‘lib, ayni bir narsani qayta-
qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o‘zi aytgan so‘zining
ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan.
“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so‘zni yaxlit “o‘qish” usulida olib
borilgan, aniqrog‘i bola o‘qimagan, eshitganini to‘tiqush kabi yodlagan.
Natijada bolalar maktabxonada o‘qiganlarini o‘zi o‘qib yurgan kitobidan “o‘qib
bergan”, ammo ularning qo‘liga maktabda o‘qilmagan boshqa bir kitob berilsa,
27
uni o‘qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o‘qigan bolalarning juda
ko‘p deganda 4-5 foizigina o‘qish va yozish ko‘nikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o‘rgatishda ma’lum
darajada ijobiy o‘rin tutdi. Rus-tuzem maktablarinnng o‘zbekcha sinflarida
o‘zbekcha xat-savod o‘rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh
qilindi: hijo metodidan tovush metodiga o‘tildi. 1900 yillardan rus-tuzem
maktabi o‘zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida
tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni
o‘zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush
metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi “Ustodi avval” nashr etildi.
“Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o‘zbekcha xat-savod o‘rgatishda yangi
davr boshlandi. Tovush metodi savod o‘rgatishning eski usulidan tamomila farq
qilib, o‘qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga,
ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo‘limdan iborat edi: 1-bo‘lim, hozirgi atama bilan
ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo‘limda arab alfavitidagi harflarni
alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-
qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda
tizib chiqqan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-
savod o‘rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida
deyarli har doim bir xil shaklda qo‘llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish
o‘rniga qarab turlicha bo‘ladigan harflarning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z
oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan.
Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so‘zlarini, g‘ harfini tanitish
uchun g‘or, uyg‘oq, tog‘ so‘zlarini tanlagan. Muallif soddadan murakkabga
tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan.
Kitobning alifbe qismiga, asosan, o‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi so‘zlar tanlab
olingan.
28
“Ustodi avval”ning 2-bo‘limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo‘limda
hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ‘ib
qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda bo‘lgan.
S. Saidazizov kitobining 3-bo‘limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o‘z
oldiga bolalarga “qur’on”ni tushunib olishga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan.
Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyilgan:
1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan
o‘rgatilar edi. O‘zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini
amalda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va asta-sekin tovush metodini o‘z sinflariga
tatbiq eta boshlaganlar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan
tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush metodida xat-savod o‘rgata boshlagan
edilar, oradan ko‘p o‘tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ular kabi yangi
maktablar ochadilar va bolalarga xat savodni tovush metodi asosida o‘rgata
boshlaydilar.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining
o‘rnini egallay boshlagan.
Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o‘rgatishga Rossiyada
K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan.
Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi,
ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma’nosini o‘zgartira oluvchi
har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashinishi,
ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so‘z hosil bo‘lishi mumkinligi
bolalar ongiga etkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida
o‘rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.
Qosimova, Y.Abdullaev, O. Sharafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-
savod o‘rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alifbosida yozuvni o‘rgatish qiyin bo‘lgan. Bu alifbodagi harflar
so‘zda qo‘llash o‘rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o‘rganishni
qiyinlashtirgan. Shuning uchun ko‘p maktablarda bolalarga o‘qish o‘rgatilib
29
yozuv o‘rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko‘pchiligi o‘qishni bilib,
yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog‘ozga dastlab yo‘g‘onroq
savag‘ich qalamda o‘rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o‘rganganlaridan keyin
qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o‘rgatish alifbo tartibida harflarning alohida-alohida shaklini
yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o‘rgatilgan, keyin o‘xshash shaklli
harflar bandlarga bo‘linib, o‘xshash unsuri bo‘lmaganlari esa ayrim-ayrim
yozdirilgan. Ba’zi domlalar ayrim harflarning elementlarini yozishni ham
alohida mashq qildirganlar.
Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib
yozish (bu mufradot (sarhad) deyilgan: bunday yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan)
o‘rgatilgan.
Shundan keyin harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi boshlangan. Bu
mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi bir
necha bosqichga bo‘linib, harf birikmalarining ma’no anglatish-anglatmasligi
umuman e’tiborga olinmagan, qanday qo‘shilish mashq qilinavergan. Ko‘pgina
eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish” bilan tugallangan.
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko‘chirib yozish mashqi
boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan. Bu mashqqa ham juda ko‘p vaqt
sarflangan; u ma’noli so‘zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho)
yozish bilan tugallangan. Bola duoyi salom yozishni bilsa, “xati chiqqan”
hisoblangan.
Yozuvni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda “Mufradot” kitobidan
foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho
namunalari berilgan.
Eski maktabda yozuvga o‘rgatishning birdan-bir yo‘li ko‘chirib yozuv
nusxa ko‘chirish hisoblangan, natijada bolada yozma nutq ko‘nikmasi hosil
qilinmagan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o‘ylanmasdan yozishga
odatlantirgan. Maktabxonada ijodiy ko‘chirib yozuv mashqlarining, shuningdek,
30
boshqa usullarning qo‘llanilmaganligi orqasida bola chiroyli ko‘chirib yozish
ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lsa ham, o‘z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng
oddiy jumlalarni ham zo‘r-bazo‘r xato bilan yozgan.
Eski maktablarda, madrasalarda o‘zbek tili o‘qitilmagan, natijada eski
maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o‘tkazgan ba’zi
bolalar ham o‘z ismini to‘g‘ri yozishni bilmaganlar.
Arabchada to‘g‘ri, chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun xivalik shoir
Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li Munisning (1778-1829) “Savodi ta’lim”
kitobidan foydalanilgan.
Rus-tuzem maktablarida o‘qish va yozishni o‘rgatish, odatda, bir vaqtda
boshlanib, bir-biriga bog‘lab olib borilgan, har kuni avval o‘qish, keyin yozuv
darsi bo‘lgan; o‘qish va yozish onglilik tamoyili asosida o‘rgatilgan; bolalar
qaysi tovush, bo‘g‘in, so‘z yoki gapni o‘qiyotgan yoki yozayotganini aniq
tasavvur qilgan, ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg‘iz shaklini yoxud
biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan.
Rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinfida ko‘chirib yozishga va
diktantga ko‘p vaqt sarf etilgan. Bulardan tashqari, insho (turli tilxat, duoi
salom va savdo ishiga oid har xil xatlar) yozishga ham o‘rgatilgan.
|