50
1. Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni to‘g‘ri qo‘yish, chiziqlarni chamalash,
yozayotganda ruchkadan to‘g‘ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish (1-rasm).
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o‘zbek alifbosidagi barcha katta va kichik
harflarni yozish, shuningdek, harflarni so‘zda bir-biriga bog‘lab yoza olish:
bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3. Tahlil qilingan so‘z va ikki-uch so‘zli gaplarni o‘qituvchi yordamida
yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni ko‘chirib
yozish
va eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o‘qish bilan
tekshirish.
5. Og‘zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintetik tovush metodi (tovush-tarkib metodi) tamoyiliga muvofiq,
o‘qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o‘qishga o‘rgatishdagi
tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar,
matnni o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so‘zni yozadilar.
Yozuvga o‘rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir
malaka ham ta’lim berish, ko‘nikmani shakllantirish va shu asosda qator
mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
Grafik malaka,
birinchidan, qo‘l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi
qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning
o‘zlashtirilgan birligi bo‘lgan
tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima
qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi,
birinchidan, tovush va harfning to‘g‘ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik
va imloviy qoidalarga rioya qilishni,
uchinchidan, o‘z fikrini, taassurotini,
istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.
Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan
foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma
nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to‘g‘ri shakllanadi. Savod o‘rgatish
jarayonida bolalar juda sekin yozadilar.
51
Yozuv malakasi o‘qish malakasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bola yomon o‘qisa,
yozuvni egallashi ham qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish malakasidan
so‘ng, bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi.
Yozish va o‘qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta
ahamiyatga ega. Keyinroq, bolalarda o‘z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz
barqarorlashganda,
bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham
ijobiy ta’sir qiladi.
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud:
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv
qurollarini to‘g‘ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani
chamalash va hokazo.
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar,
osti va usti ilmoqli elementlar chizish.
3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
4.
Harf birikmalarini, bo‘g‘inni yozish, harflarni to‘g‘ri qo‘shib yozish
malakasini hosil qilish uchun so‘z yozish.
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir
tekisda, elementlarga ajratmay bog‘lab tez, bir maromda yozish, so‘zlarni
qatorga to‘g‘ri joylashtirishdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, savod o‘rgatish davrida bola harflarni
yozishdan
oldin uni qanday shakllantirishni ko‘z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf
shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko‘chiradi, tarkibini tahlil qiladi,
uni qanday yozishni o‘zicha sekin gapiradi; o‘qituvchi o‘quvchi yoniga o‘tirib,
ruchkani to‘g‘ri ushlatadi va uning qo‘li bilan harfni yozishni ko‘rsatadi yoki
o‘zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta
jismoniy kuch sarflaydi. Savod o‘rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so‘zni
yozishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2
sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda bu qonunga o‘zgartirishlar
52
kiritildi.
Bu alifbo, birinchidan, og‘zaki talaffuz bilan yozma nutq mosligini
ta’minlaydi, ikkinchidan, jahon xalqlarining 30 foizdan ortig‘i mana shu
yozuvdan foydalanadi. Bu esa xalqaro
aloqa-aralashuvni birmuncha
yengillashtiradi.
Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosidagi harflar ham bosmasdan,
ortiqcha jimjimasiz, qo‘l uzmasdan bog‘lab yoziladi. Shuning uchun yozuvga
o‘rgatish metodikasida harflarni qo‘shishga alohida ahamiyat beriladi.
O‘quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo‘shish yo‘lini bilishlari lozim.