Savod o‘rgatishning asosiy davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Savod o‘rgatishning asosiy davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish. 
Ma’lumki, savod o‘rgatish jarayonidagi o‘qish darslarining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish 
orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdan 
iborat. Shuningdek, o‘quvchilar lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini 
o‘stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o‘rin tutadi. 
Tayyorgarlik davri o‘qishga o‘rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda 
bolalarda o‘zgalar nutqini eshitish, diqqatni to‘plash, til birliklarini (tovush, 
bo‘g‘in, so‘z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi 
xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o‘quvchilarning o‘qishni muvaffaqiyatli 
egallashlariga yordam beradi. 


38 
O‘qishga o‘rgatish uchun, avvalo, o‘quvchi tovush va harf bilan yaxshi 
tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo‘g‘indan tovushni 
ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil 
yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘lanishli hikoya 
tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so‘ng kerakli so‘z ajratib olinadi, so‘ngra so‘z 
ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. 
2. So‘z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o‘rganiladigan tovush 
ajratib olinadi. Masalan: oy. O‘qituvchi oy rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning 
nomini - so‘zni aytadi. O‘qituvchi o tovushini cho‘zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi 
tovushni cho‘zib aytayotganini o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar o tovushini 
aytgach, uning xususiyalari haqida savol-javob o‘tkaziladi. O tovushli so‘zlar 
o‘ylab toptiriladi. Shundan so‘ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan 
ko‘rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor 
qaratiladi. 
3. O‘rganilgan harflar ichiga bugun o‘rganiladigan harf aralashtirib 
qo‘yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so‘ng o‘qituvchi bu 
harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O‘quvchilar tovushning xususiyatlarini 
aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli 
alifbodan ko‘rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o‘qishga 
o‘rgatish ustida ishlanadi. 
Bunda “Alifbe” sahifalaridagi so‘zlarni oldin bo‘g‘inga bo‘lish, so‘ng 
o‘qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O‘qituvchining namunali o‘qishidan 
so‘ng birgalikda ovoz chiqarib o‘qish, yakka-yakka o‘qish, shivirlab o‘qishdan 
foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o‘qiydigan o‘quvchilar bo‘lgan sinflarda xor bilan 
o‘qitish o‘qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o‘quvchilarining o‘qish 
ko‘nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so‘zlarni xattaxtada bo‘g‘inlarga bo‘lib 
yozish, o‘rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo‘shimcha so‘z birikmalari, 
gaplar tuzib yozish va o‘qitish usulidan ham foydalaniladi. 


39 
Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo‘g‘in tuzilishi murakkablashib boradi. 
Shuning uchun o‘qituvchi har bir bo‘g‘in tuzilishining murakkabligiga qarab ish 
usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to‘rt tovushdan 
tuzilgan bo‘g‘inlarni o‘qishga o‘rgatish ham o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Bunda o-lov, Man-non tipidagi bo‘g‘inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n 
tarzidagi qo‘shimcha chiziqdan, bodring, do‘st tipidagi bo‘g‘inlarda bo:d-ri:ng, 
to‘:r:t tarzidagi qo‘shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So‘zlarni o‘qishga 
o‘rgatishda bilib o‘qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi: 
k

l

l
ar 
Umuman olganda, har bir o‘qish darsida, albatta, bo‘g‘in tuzilishi 
murakkab bo‘lgan so‘zlarni o‘qish mashqi o‘tkazilishi lozim. Bu usul 
o‘quvchilarda o‘qish malakasining takomillashuviga yordam beradi. 
O‘qishga o‘rgatishda so‘zlarni va gaplarni to‘ldirib o‘qish ko‘nikmalarini 
hosil qilish o‘quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo‘naltiradi. O‘quvchi 
tushirib qoldirilgan harf va so‘zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga 
mos yoki mos emasligiga e’tibor beradi, o‘rtoqlariga nisbatan tez topib, 
o‘qituvchining rahmatiga sazovor bo‘lishga intiladi. 
“Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. 
O‘quvchilar shularga mos ohang tanlashni, to‘xtam (pauza) qilish o‘rinlarini 
belgilab olishi zarur. Bunda ham o‘qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan 
tinish belgini izohlashi) va ifodali o‘qish namunasini ko‘rsatishi katta ahamiyat 
kasb etadi. Ifodali o‘qilgan matngina tushunarli tuziladi. 
Har bir predmetda bo‘lgani kabi o‘qish darslarida ham ta’lim-tarbiya 
birligiga e’tibor beriladi. O‘qish darslarida tarbiya o‘qilgan matnning ongli 
o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Birinchidan, o‘quvchi matnda fikr nima haqida 


40 
borayotganini anglasagina, o‘zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat 
qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo‘lish uchun o‘qishning zarurligini anglaydi. 
Shuning uchun ongli o‘qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli 
rasmlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar 
berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 

Download 5,58 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Savod o‘rgatishning asosiy davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish