• 1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich
  • Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    2.3. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari.
    Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 
    oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi
    3

    a) alifbogacha tayyorgarlik davri  (2 hafta); 
    b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi). 
    Alifbogacha 
    tayyorgarlik 
    davri. 
    Bu 
    davrning 
    asosiy 
    vazifasi 
    o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan 
    tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni 
    o‘stirishdan iboratdir.
    Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga 
    bo‘linadi: 
    1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta). 
    2. Unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich (1 hafta).  
    1-bosqichda o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so‘z, 
    bo‘g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, 
    so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi 
    haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi 
    o‘rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu 
    jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida 
    ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan 
    tashqari, o‘zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq 
    ashulalari, alla, qo‘shiqlar, latifalardan ayttiriladi. 
    Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so‘zlarning 
    talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu 
    tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib 
    boriladi). 
    3
    Ba’zi adabiyotlarda bu jarayon 3 davrga bo‘lingan. Qarang: O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim 
    strategiyasi muammolari va ta’lim mazmunining yangi modellari, ularni tatbiq etish yo‘llari/ R. Safarova, U. 
    Musaev, P. Musaev, F. Yusupova, R. Nurjanova. – T.: Fan, 2005. – 217-218-betlar. 


    35 
    Bu bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv 
    chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda 
    namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining 
    tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi. 
    2-bosqichda unli tovush-harflar o‘rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch 
    xususiyatini o‘quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim: 
    a) talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchramasligi; 
    b) cho‘zib aytilishi; 
    v) faqat ovozdan tashkil topishi. 
    Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o‘rgatish ko‘zda 
    tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya 
    qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. 
    Tovushni ifodalovchi harf ko‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga 
    oid o‘ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni 
    yozamiz, 
    ko‘ramiz, 
    o‘qiymiz) ham izchil ravishda o‘quvchilarning 
    o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish