• O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, 
    undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat 
    qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikma 
    va malakalar shakllantiriladi.
    Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va 
    kichik) shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.


    23 
    O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab 
    o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini 
    aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar 
    so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri bo‘la bilsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi 
    egallaydilar. 
    O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-
    sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos 
    kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik 
    o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar 
    muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq 
    qilinadi. 
    O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O‘qish ham, 
    yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi 
    o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. 
    Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 
    1. Bola o‘qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko‘z 
    oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni 
    aytishga oshiqadi, biroq o‘qituvchi aytishga yo‘l qo‘ymaydi, undan bo‘g‘inni 
    aytishni talab qiladi. O‘quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan 
    chiqib qoladi yoki ularni qo‘shib bo‘g‘in, bo‘g‘indan so‘z hosil qilguncha,
    o‘qish jarayoni sustlashadi. 
    2. Ko‘pincha bola o‘qiyotgan qatorni yo‘qotib qo‘yadi, harfni, bo‘g‘inni, 
    so‘zni qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchining diqqati kengaygan sari 
    bo‘g‘in va so‘zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 
    3. O‘qishni endi o‘rganayotgan bola o‘qiyotgan matn mazmunini 
    o‘zlashtirmaydi, chunki u so‘zni qanday o‘qishga ko‘p kuch beradi. Darslikdagi 
    rasmlar, o‘qituvchining savollari, ko‘rgazmali qurollar ularning ongli 
    o‘qishlarini ta’minlaydi. 
    4. Tajribasiz kitobxon so‘zni birinchi bo‘g‘iniga yoki rasmga qarab topadi. 
    Bu xato o‘qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so‘z 


    24 
    bo‘g‘inlab o‘qitiladi, so‘zni bo‘g‘in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf 
    tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. 
    O‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o‘quvchilarning idroki, xotirasi, 
    tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda 
    fonematik eshitish qobiliyatlarini o‘stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz 
    qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatish, bo‘g‘in yoki so‘zdan o‘sha 
    tovushni ajrata olish ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi. 
    Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu 
    bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-
    xil mashqlar o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir. 
    Yozuv jarayonida o‘quvchilar ruchkani to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri 
    qo‘yishni, 
    harfni 
    yozishda 
    yozuv 
    chiziqlari, 
    ular 
    bo‘ylab 
    qo‘lni 
    harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig‘ish-
    sig‘masligini mo‘ljallashi lozim. Bu jarayon o‘quvchini aqliy va jismonan 
    charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va elka muskullari charchaydi. Shuning 
    uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o‘tkazilishi 
    maqsadga muvofiqdir. 
    Yozuv jarayonida o‘quvchi ruchkani qog‘oz ustida sekin, ishonchsizlik 
    bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to‘xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan 
    chiziqdan chiqib ketadi, noto‘g‘rilarini bo‘yab, to‘g‘rilaydi. Bunda u 
    o‘qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo‘li va boshi yozishda 
    birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o‘quvchilarning ongli harakat 
    qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli bu jarayonga o‘qituvchi sabr-qanoat 
    bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan 
    to‘g‘ri bo‘lishi savodxonlikning yuksak belgisidir. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish