41
analitik o‘qish bosqichida so‘zni yaxlit, orfoepik qayta o‘qish tavsiya qilinadi.
Bunday qayta o‘qish to‘g‘ri intonastiyaga, ifodalilikka rioya qilib o‘qishga
o‘rgatibgina qolmay, o‘qishning ongli bo‘lishiga ham yordam beradi.
Savod o‘rgatishning birinchi darslaridayoq o‘quvchilarga tabaqalashtirib
(differenstial) yondashish (bunda o‘quvchilarning o‘qishga tayyorgarliklaridagi
fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn
mazmunini o‘quvchilarning ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog‘lash
lozim. Shunda o‘quvchida o‘qishga, o‘rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o‘zlashtirishni amalga oshirishda lug‘at
ustida ishlash ham muhim
ahamiyat kasb etadi. So‘zlarning ma’nosi ustida to‘xtalish, birinchidan, fikrni
oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi.
She’r, tez aytish, topishmoq, qo‘shiq, maqol, hikmatli so‘zlardan o‘qitish,
yod oldirish ham o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini oshiradi, o‘qish
malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Boshlang‘ich sinflarda
o‘qish darslarining uchdan ikki qismi o‘qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Yangi material o‘rganiladigan
o‘qish darsida asosiy ish turlari
quyidagilardir:
1. O‘rganiladigan yangi tovushli so‘zni (shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida,
oxirida kelgan so‘zni) bo‘g‘in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish.
Bunda yangi tovush ajratiladigan so‘zni o‘quvchilar rasm asosida o‘zlari tuzgan
gaplar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so‘zning
chizmasi-modeliga
asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulyastiyasi
(nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo‘g‘inlar o‘qitiladi.
3. So‘zlarni avval xattaxtadan, keyin “Alifbe”dan o‘qish. Harf
bo‘g‘inlaridan harf terish kartonida so‘z, so‘z birikmasi, gap tuzish va ularni
o‘qish, so‘z ma’nosi ustida ishlash.
4. Matnni o‘qish
va tahlil qilish, uni qayta o‘qish, rasmning matnga
bog‘liqligini belgilash.
42
5. Nutq o‘stirish: lug‘atni boyitish, so‘z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya
tuzish.
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo‘yish, yangi o‘rganilgan
tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari
o‘rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va
hokazo.
7. O‘rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi,
yangi
harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi,
shuningdek, qo‘shimcha so‘zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o‘qish va
tahlil qilishga, ko‘rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit
doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o‘stirishga, o‘yinlar va qiziqarli
materiallarga,
ilgari
o‘rganilgan
tovushlar
va
harflarni
takrorlab
mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham
foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so‘zlar bilan ishlash: ochiq bo‘g‘inda dastlab undosh,
keyin esa unli o‘qiladi, yopiq bo‘g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo‘g‘inni
o‘qib, keyingi undosh o‘qiladi va so‘zni yaxlit o‘qishga o‘rgatiladi. Yangi so‘z
urg‘usi qo‘yilgan holda beriladi, bu uni o‘qishga, bo‘g‘inlab o‘qishdek sintetik
o‘qishga (so‘zni butunligicha o‘qishga) yordam beradi. Bunda yangi so‘zni
xattaxtada katta
bosma harflar bilan yozish, o‘quvchilarga o‘qitish tavsiya
qilinadi. So‘z shivirlash bilan o‘qiladi, kesma harf bo‘g‘in bilan yoziladi.
9. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab
o‘qituvchi yordamida, uning yo‘llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan
gapni ajratish va analiz qilish.
Yangi bo‘g‘in, so‘z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato
kabilarning va yangi so‘zni xattaxtada va daftarda “yasash”ning ahamiyati juda
katta. O‘qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko‘p bo‘lsa,
ulardan turli xil
mashqlar tuzishda foydalanilsa, o‘qish shunchalik ongli,
qiziqarli bo‘ladi, malaka puxta shakllantiriladi.
43
Bola endigina o‘qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo‘qotmaslikka,
shuningdek, so‘zdagi keyingi harfni, keyingi so‘zni yo‘qotmaslikka o‘rgatish
juda muhimdir. Bu vazifani savod o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida
xatcho‘p
(o‘qiyotgan betni belgilab qo‘yish uchun kitob ichiga solib
qo‘yiladigan qog‘oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. O‘qilayotgan qatorni
kuzatib borish ko‘nikmasiga sinf o‘quvchilaridan o‘rtog‘ining xatosini
to‘g‘rilashni talab qilish yo‘li bilan ham erishiladi. O‘quvchilar
bu talabni
qizg‘anib bajaradilar, shu yo‘l bilan ularning darsga, o‘qishga e’tibori jalb
etiladi.
Demak, o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish, ularning o‘qish sur’atini oshirish,
ifodali va ongli o‘qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o‘qish
darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.