53
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya
qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to‘g‘ri ajratishga,
xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o‘rgatib borish ularda
saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o‘quvchilar “Yozuv daftari”
bilan ishlaydilar. Sinfda o‘rganilgan harfni uyda
mashq qilish uchun alohida
daftar bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi yozish vaqtida 65˚ qiyalikda yozishni, buning uchun daftar
parta ustiga 25˚ qiyalikda qo‘yilishini ta’kidlab turadi.
Yozuv daftari bilan ishlash. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar
o‘qishga o‘rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil
qiladilar. Dasturga muvofiq o‘quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni
egallashlari lozim:
1. Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni to‘g‘ri qo‘yish, chiziqlarni chamalash,
yozayotganda ruchkadan to‘g‘ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish (1-rasm).
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o‘zbek alifbosidagi barcha katta va kichik
harflarni yozish,
shuningdek, harflarni so‘zda bir-biriga bog‘lab yoza olish:
bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3. Tahlil qilingan so‘z va ikki-uch so‘zli gaplarni o‘qituvchi yordamida
yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni ko‘chirib yozish
va eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o‘qish
bilan
tekshirish.
5. Og‘zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintetik tovush metodi (tovush-tarkib metodi) tamoyiliga muvofiq,
o‘qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o‘qishga o‘rgatishdagi
tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar,
matnni o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so‘zni yozadilar.
Yozuvga o‘rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir
malaka ham ta’lim berish, ko‘nikmani shakllantirish va shu asosda qator
mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
54
Grafik malaka, birinchidan, qo‘l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi
qarashda muskul kuchiga asoslanadi.
Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning
o‘zlashtirilgan birligi bo‘lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima
qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi,
birinchidan, tovush va harfning to‘g‘ri nisbatini,
ikkinchidan, bir qancha grafik
va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o‘z fikrini, taassurotini,
istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.
Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan
foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma
nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to‘g‘ri shakllanadi. Savod o‘rgatish
jarayonida bolalar juda sekin yozadilar.
Yozuv malakasi o‘qish malakasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bola yomon o‘qisa,
yozuvni egallashi ham qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish
malakasidan
so‘ng, bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi.
Yozish va o‘qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta
ahamiyatga ega. Keyinroq, bolalarda o‘z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz
barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham
ijobiy ta’sir qiladi.
Yozuv daftarida o‘quvchilar “Alifbe”da o‘rganilgan harfni yozma
shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori
qismida predmet rasmi yoki
biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so‘z
chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga
muvofiqdir. Ba’zi o‘rinlarda o‘quvchilar berilgan gap yoki so‘z chizmasini
o‘zlari mustaqil tasvirlaydilar.
Predmet rasmi berilgan o‘rinlarda shu predmet nomi so‘z bo‘g‘in-tovush
jihatdan tahlil qilinadi, so‘zdagi tovushlar soni suhbat yo‘li bilan aniqlanadi va
katakchalarda ranglar bilan belgilanadi.
Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o‘sha
gapning tahlili ustida ish olib boriladi.
55
Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli
bilan taqqoslash orqali
tanishtiriladi.
Yozuv daftarida turli belgilar qo‘llangan. Ular shu belgi uchragan
o‘rinlarda tanishtirib boriladi.
Yozuvga o‘rgatishda o‘quvchilarning ko‘ruv, eshituv, qo‘l harakati
sezgilarini ishga solish lozim. Shunda yozuv quruq yozuv bo‘lmay, ongli
yozuvga aylanadi.