• 2. Maxsus metodik talablar
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    1. Umumdidaktik talablar:
    a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo‘lib, unda bironta axloqiy sifat 
    o‘stirilishi lozim; 
    b) darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o‘quvchilar darsda qanday yangilikni 
    bilishi, nimani o‘rganishi, qanday ko‘nikma va malakalar o‘stirilishi, 
    o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo‘lishi aniq belgilab 
    olinishi kerak; 
    v) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan 
    bog‘liqligi aniq belgilab olinishi zarur; 
    g) o‘tiladigan materialning xarakteri va ta’lim maqsadidan kelib chiqib dars 
    uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim
    d) dars davomida o‘quvchilarga differenstial va individual yondashish, 
    ishni barcha o‘quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko‘nikma va malakasi hamda 
    fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak
    e) o‘quvchilarni aqliy mehnat (o‘qish) usullariga o‘rgatish, ularda 
    maktabda o‘qish uchun kerakli ko‘nikmalarni hosil qilish zarur; 
    yo) beriladigan material ilmiy, o‘quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo‘lsin 
    va hok. 
    2. Maxsus metodik talablar: 
    a) o‘quvchilar nutqi uchun qayg‘urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan 
    to‘g‘ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim; 
    b) o‘qish darsida ham, yozuv darsida ham o‘quvchilar nutqini o‘stirishga, 
    lug‘atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og‘zaki hikoyalash va shu 
    kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak; 


    58 
    v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday 
    yozuv mazmunan va imlo jihatdan savodli bo‘lishi zarur; 
    g) darsda nutq madaniyati hukmron bo‘lishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar 
    adabiy tilda so‘zlashishlari kerak; 
    d) o‘qish va yozuv ko‘nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda 
    yetakchi o‘rinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri kelishi 
    lozim; 
    e) har bir o‘qish va yozuv darsida “Alifbe”dagi matnlar bilan bir qatorda Q. 
    Muhammadiy, P. Mo‘min, Z. Diyor, A. Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va 
    yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o‘qish sinfdan 
    tashqari o‘qish hamda o‘qib berilgan matnni eshitish bilan bog‘lanishi zarur. 
    yo) o‘qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi, ya’ni o‘qish 
    darsi o‘quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o‘qish 
    darsining davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish