• Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    choynak, shudring va shu kabi so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich. 
    Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, 
    ularning so‘z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar 
    o‘tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyastiyasi qiyin bo‘lgan undoshlar 
    ng (tong, rang, keng), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh ch, jarangli portlovchi 
    j (jo‘ja) va jarangli sirg‘aluvchi - j (jurnal) kabilarni o‘rganishda tovush 
    artikulyastiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. 
    Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli 
    so‘zlar: ko‘rib (ko‘rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), 
    tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa 
    talaffuz qilinadigan i unlisi bor so‘zlar: bilan (blan), sira (sra); talaffuzda tushib 
    qoladigan undoshli so‘zlar: baland (balan), do‘st (do‘s), Toshkent (Toshken), 
    farzand (farzan), daraxt (darax) kabilarni yozilgandek o‘qish imloni 
    o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so‘ng orfoepik o‘qitiladi. 
    Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘qish bilan bo‘g‘inlab o‘qish malakasi 
    takomillashadi: o‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so‘zlarni ham 
    to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar. 
    Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga 
    ega bo‘lishlari zarur: 
    a) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to‘g‘ri talaffuz qilishi; 


    37 
    b) so‘zning bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so‘zdagi 
    tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so‘z va bo‘g‘inga 
    ajrata olishi; 
    v) kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza olishi va o‘qishi; 
    g) 2-3-4 bo‘g‘inli so‘zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o‘qishi; 
    d) gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishi; 
    e) o‘zi o‘qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o‘qishi; 
    yo) o‘qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta 
    hikoyalab berishi; 
    j) o‘qigan matnga sarlavha topa olishi; 
    z) to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalariga ega bo‘lishi. 
    Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni 
    to‘g‘ri shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va 
    gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlarini yozish 
    ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘ruv, ta’limiy diktant yoza 
    olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o‘rgatish 
    jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 
    tagacha so‘z yoza olishlari talab qilinadi. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish