21
O‘qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harflar bilan
tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek
tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z
bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi,
tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf
bilan sintezlanadi, shu asosda
harf va butun
o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek
tili grafik tizimi,
tovushlarni
yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili
grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi
(ekin, echki, aeroplan),
undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi
(kel, tez).
Savod
o‘rgatishda oldin so‘z boshida keladigan
e, so‘ngra undoshdan keyin keladigan
e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan o tovushini
ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda
a tarzida
(botanika),
o‘ tovushi kabi
(tonna), qisqa
i tarzida
(traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun
bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng
o‘quv jarayoniga kiritiladi.
A tovushi
bahor, savol kabi so‘zlarda o kabi,
muomala, munosabat kabi
so‘zlarda
i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin
a yoziladi.