68
imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil
bir bo‘limi sifatida ajratishga olib keldi.
1. Turli tipdagi Misr iyerogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida
franso‘z olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida
Evans o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat
yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom,
xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan).
Bu tur yozuvlar XIX-asr
boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining
eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari
XIX-asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab,
oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan).
Ko‘pchilik
mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg‘ur va urxun-enesey
yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX
asrning 90-yillarida tilshunos olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka
qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti
va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar
XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo‘ladi va
ularning grammatik jihatdan
o‘rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta
yordam ko‘rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika
indeeslarida aloqa quroli sifatida qo‘llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda ideografik yozuv bilan
bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning
rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o‘tagan.
Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi.
69
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi
va tasvirlangan predmet
bilan yozuv shakli o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli
bo‘lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos
xususiyatdir.
Papirus yozish uchun maxsus tayoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi
yozuvni
takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘dirdi. Hozir yer
yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
1) Lotin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik
arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy
yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo‘g‘inli xind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa
yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va
bulardan dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi.