|
N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasiBog'liq 12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4Bzamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan nihoyat cheklanganligi
hammamizga ma’lum. Ana shu cheklanishni bartaraf etish istagi va zaruriyati
yozuvni paydo bo‘lishiga olib keldi. Inson o‘z og’zaki tili (nutqi) bilan fikrini
muayyan va cheklangan masofada etkazib biladi, xalos. Boshqa sharoitlarda
tilga ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan inson bu ehtiyojni qondira oluvchi boshqa
vositalarni qidira boshladi. Bu qidiruv va izlanishlar samarasi sifatida belgilar
tizimidan iborat yozuv ixtiro qilindi.
Yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek,
muayyan masofadagi kishilarning o‘zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy,
diniy va estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan
bevosita bog’liq.
Yozuv og’zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-
da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga
kiritgan tajriba – bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi
yozuv orqali bajariladi.
73
Ta’kidlaganimizdek, yozuv bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va
murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Inson bu yo‘lda juda kop
izlandi. Eng qadim davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng
tarqalgan “eslatuvchi” belgilar ana shu uzoq va zahmatli izlanishlarning ilk
ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar,
chig’anoqlardan foydalanilgan, tayoqlar, daraxtlarga har xil iplar bog’lash,
tugunlar tugib qo‘yish va bu vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash
yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Gohida bir xabarni uzoq
masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va shu kabilar
qo‘llangan. Ma’lumot yoki xabarni uzoq vaqt saqlash uchun ramziy ma’no
berilgan buyumlardan foydalanilgan: qo‘rg’on – marhum ko‘milgan joy belgisi;
“shaharlarni ishg’ol etish” mafhumi yonayotgan xonaqoh tarzida; “sayohat” –
qator izlar silsilasi bilan; “qurbonlik qoni” – gul tasviri bilan; slavyan
qabilalarda non-tuz – do‘stlik belgisi; trubka – tinchlik, sulh belgisi va
boshqalar. Tasvir rangi ham u davrlarda katta ahamiyatga ega edi. Masalan,
sariq rangda bo‘yalgan odam rasmi ayol kishini, binafsharang esa yuqori
mansabdagi hukmdorni bildirar edi. Rang ramzi (nishonasi) ham qo‘lyozma
madaniy yodgorliklarda katta rol o‘ynar edi: ko‘k rangi janubni, qora va qizil
ranglar “xiradmandlik” va “yozuv” tushunchalarini bildirar edi. “Buyumli
yozuv” nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlarining
ba’zilari hozir ham saqlangan. Masalan, biror fikrni esdan chiqarib qo‘ymaslik
uchun ro‘molchaning uchini tugib qo‘yish odatini yodga olish mumkin.
Bunday holatni o‘zimizning afsonalarimizda ham uchratish mumkin.
Masalan, ba’zi afsonalarda asosiy qahramon yovuz kuchlar ta’qibiga uchrab
qochadi va ulardan omon qolish uchun turli xil buyumlardan foydalanadi.
Masalan, qayroqtosh, oyna va taroq. Agar asar qahramoni orqasiga oynani
tashlasa katta dengiz paydo bo‘ladi, agar taroqni tashlasa kishi o‘tmas o‘rmon
hosil bo‘ladi, agar toshni tashlasa baland cho‘qqili tog’ paydo bo‘ladi va yozuv
kuchlar bu to‘siqlardan o‘tolmaydilar.
74
Neolit davriga kelib odamlar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga
yetkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga
oshirganlar. Bunday yozuv frazeografiya deb nom olgan. Frazeografiya -fraza,
gap, grafiya - yozaman, ya’ni gap yozaman ma’nosini bildiradi. Frazeogramma
yozuvi ikki turga bo‘linadi: a) aks (tasvir) yozuvi; b) qadimgi shartli
|
| |