76
Keyinchalik
rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan
buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og’zaki
til bilan doimiy bog’lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab berdi.
Yozuv belgilari ideografik, ieroglifik belgilar sifatida muayyan so‘zlarning
ifodachilariga aylandi, bu yozuv
“so‘z yozuvi” yoki
“logografik yozuv” nomi
bilan umumlashtiriladi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr
ieroglifikasi, Eron hududida Haxomanishlar hukmronligi davrida amal qilgan
mixxatlar, xitoy ieroglifikasi va boshqalar. 1- va 2- rasmlar)
miloddan avvalgi
4-ming yillikning oxiridan miloddan avvalgi 2-ming yilliklarning boshlarigacha
bo‘lgan davrda shakllangan. Haqiqiy ma’nodagi yozuv tizimlari dastlab
Qadimiy Sharqda vujudga kelgan.
1- rasm (Shumer mixsimon xati, eramizdan 4 ming yil avval)
2- rasm (Grek yozuvi, eramizdan 3 ming yil avval)
78
Logografiya (logos - so‘z, grafiya - yozaman) yozuvdagi har bir alomat
(logogrammalar) bir so‘zni bildirar edi. Bu yozuvda, alomatlar miqdor so‘zlar
miqdoriga, aniqrog’i mustaqil fe’l (xabar)ning semantik vohidlariga tengdir.
Logigrafik yozuvning piktografik yozuvdan
afzalligi quyidagilardan
iborat:
a) Logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan mazmunni ancha
mufassal aks ettira oladi.
b) Piktografik yozuvda so‘z tarkibi va so‘z shakllari noaniqroq, logografik
yozuvda esa aniq bo‘ladi.
Logografik yozuvning birinchi mukammallashgan shakli ieroglifik
yozuvdir. “Ieroglifik” so‘zi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib,
“muqaddas
yozuv” degan ma’noni anglatadi. Bu yozuvdan dastavval Arabistonda keng
foydalanilgan. Keyinchalik Xitoy davlati ham shu yozuvga o‘tadi va bu
yozuvdan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
79
I-II asrlarda Stoy Shenm Xitoy ierogliflarining
katalogini tuzib, bunda
10,5 ming ieroglifni kiritadi. Xitoy tilining to‘liq lug’atlarida 40 ming
iyerogliflar qayd qilingan.
Yozuvning
ommaviylashuvi
uchun
uni,
albatta,
osonlashtirish,
soddalashtirish, qulaylashtirish zarur edi. Masalan,
“ko‘z yoshi” so‘zini yozib
ko‘rsatish uchun “ko‘z” va “suv”ning kombinatsiyasi ko‘rsatilgan. Lekin
bunday soddalashtirish unumsiz edi.
Yozuv tarixining uchinchi bosqichga orfografiya yozuvlari kiradi. Bora-
bora logogrammalar so‘z asosi (morfemalar)ni bildiradigan bo‘ldi (masalan,
kelishik qo‘shimchalari) va natijada morfemografiya yozuvlari keng tarqaldi.
To‘rtinchi
tur yozuvlar, bu sillabografiya (bo‘g’in) yozuvlaridir. Bunda
har bir alomat bir bo‘g’inni ifodalaydi. Bu yozuv turi milodgacha bo‘lgan 2-1-
ming yilliklarda paydo bo‘lgan. Bu yozuvni uch guruhga bo‘ladilar: birinchi
guruhga mayya, mexiy va koreya yozuvlari kiradi. Bularda alomatlar har xil
bo‘g’inlar
- alohida unlilar, undosh va unli ovozlarni ifodalaydi. Ikkinchi
guruhga krit(?), kipr, habash va yapon yozuvlari mansubdir. Uchinchi guruhga
hind yozuvlari kiradi.
Yozuv taraqqiyotining beshinchi bosqichiga ovoz-fonemani bidiruvchi
yozuvlar kiradi.
Bularni umumlashtirib fonografiya (fonos-ovoz, grafiya-