• “bit(i)moq” fe’li (“bitik” – yozuv, kitob)
  • “jivopis”
  • “malen”
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    alomatlar. Aks (tasvir) yozuvini piktografiya (piktus- tasvir, grafiya-yozaman) 
    deb ataganlar. Piktografiya (rasmli yozuv)da rasm bilan yozuv o‘rtasida uzviy 
    bog’liqlik mavjud bo‘lgan, chunki har ikkalasi ham ko‘rish orqali idrok qilinadi.
    Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish 
    mumkin. Ma’lumki, arxeolog olimlarimiz juda ko‘p qadimiy rasmlarni kashf 
    etganlar. G’or devorlari, turli xildagi toshlar, suyaklar va boshqa predmetlarga 
    o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga 
    birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir.


    75 
    Xulosa qilib aytish mumkin, ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo‘nalishda – 
    umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, ya’ni yozuv sifatida shakllana 
    borgan. Buni dunyo tillarining juda ko‘pchiligidagi “yozmoq” ma’nosidagi 
    so‘zlarning etimologiyasiga e’tibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday 
    so‘zlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan bog’liq 
    holda namoyon bo‘ladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda “yozmoq” tushunchasi 
    “bit(i)moq” fe’li (“bitik” – yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu fe’lning o‘zagi 
    xitoycha “bi” (mo‘yqalam) so‘zi bilan aloqador bo‘lib, dastlabki ma’nosi 
    “o‘ymoq, o‘yib bezamoq”, undan keyin “yozmoq” demakdir. Slavyan 
    tillardagi “pisati” (rus. “pisat” – “yozmoq”) fe’lining ma’nosi ham dastlab 
    mo‘yqalamda rasm chizish bilan bog’liq bo‘lgan (rus. “jivopis”rangtasvir 
    so‘zi bilan qiyoslang). Bu fe’lning o‘zagi lot. “pingere” (rasm solmoq) so‘zi 
    bilan aloqadordir, “pisati” fe’lining dastlabki ma’nosi, ko‘rinadiki, “rasm 
    solmoq”, “bezamoq”-dan iborat bo‘lgan. Gotcha “melian” (yozmoq) fe’lining 
    dastlabki ma’nosi ham mo‘yqalamda “rasm solmoq” bo‘lib, bu fe’l hozirgi 
    nemis tilida “malen” shaklida va “rasm solmoq” ma’nosida qo‘llanadi. Yunon 
    tilidan ko‘pgina tillarga o‘tgan “grafika” so‘zi ham etimologik jihatdan o‘yish, 
    tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Yoqorida keltirganlarimiz barcha misollar 
    yozuvning rasm bilan uzviy bog’liq ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.   

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish