60
amalga oshirish huquqini ta’minlovchi
ijtimoiy muno-
sabatlardir. Jinoyat zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash
yoki og‘dirib olish yo‘li bilan fuqarolarning o‘z saylash
huquqlarini erkin amalga oshirishlariga to‘sqinlik
qilishda
yoki deputatlikka yoxud O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidentligiga nomzodning ishonchli vakillari o‘z vakolatla-
rini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi.
Mehnat qilish huquqini buzish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqaro-
larning mehnat qilish huquqi kafolatlangan.
Ijodiy faoliyat
1. Berilgan vaziyatlardan inson sha’ni
va qadr-qimmatiga qarshi ji-
noyatlarni ajrating.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga
asoslanib, mazkur jinoyatlarning subyektlarini aniqlang.
3. Jinoyatlar sodir etilishining subyektiv tomonlarini aniqlang.
1) Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tez-
kor surish tiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, Buxoro tuma-
ni, Gulshanobod QFYda yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan, muqaddam
sudlangan F.N. Kogon shahri, Istiqlol MFYda yashovchi fuqaro N.G‘.
hamda Shofirkon tumani, Qalmaqon QFYda yashovchi, muqaddam
sudlangan G.Y.larni Tailand davlatida behayolik orqali mo‘may daro-
mad orttirishi mumkinligini bildirgan holda qiziqtirib, chet davlatga bo-
rishi, ya’ni u yerda yeb-ichish hamda ijaraga turishi uchun qilinadigan
sarf-xarajatlarning hammasini o‘zi ko‘tarishini aytgan.
2) Tuman vakillik organlariga saylov oldi targ‘ibot-tashviqot ishla-
rini olib borayotgan N.ning ishonchli vakillari Gulobod mahallasidagi
fuqarolarga N. ga ovoz berishlari evaziga turli oziq-ovqat mahsulotla-
rini ulash di. Tuman vakillik organiga o‘z nomzodini qo‘ygan X. N. ning
bu harakatlaridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.
3) Voyaga yetmagan shaxslar Internet tarmog‘i orqali sinfdoshlari
haqida bo‘xton ma’lumotlarni joylashtirib, ma’naviy zarar yetkazdilar.