55
Haqorat qilish
Haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini
beodoblik bilan qasddan tahqirlashdan iboratdir. Haqo-
rat qilish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin.
Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan
tah qirlashga qaratilgan xatti-harakat sodir etilgan payt-
dan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Haqorat qilish odatda bevosita sodir etiladi, ammo
jabrlanuvchi bu haqda xabar topadi,
degan taxmin bi-
lan sirtdan sodir etilishi ham mumkin. Vositachi orqali
haqorat qilingan hollar ham uchraydi. Xafa qilish har xil
bo‘lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham haqorat
bo‘lavermaydi. Haqorat har doim ma’lum bir shaxsga
qaratilgan bo‘ladi.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga qarshi jinoyatlar
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinlikla-
riga qarshi jinoyatlar tarkibiga
mamlakatimiz Konsti-
tutsiyasida belgilab qo‘yilgan huquqlarni buzish kabi
jinoyatlar kiradi. Bular:
Insonning
qadr-qimmati
deganda dunyo-
qarashining
darajasi, aql-za-
kovati,
turmush
tarzi kabi inson-
ning obyektiv
jihatlarini tav-
siflovchi ijobiy
sifatlar yig‘in-
disini
tushu nish
zarur.
Ijodiy faoliyat
1. Tuhmat va haqorat qilishning bir-biridan farqi nimadan iborat?
2. Quyidagi vaziyatlardan qaysi birini tuhmat, qaysi birini haqorat
deb tavsiflash mumkin?
A. ko‘pchilik oldida G. ismli o‘rtog‘ini: «Sen kecha mening mobil te-
lefonimdan foydalanib, qaytarib bermading. Sen o‘g‘risan!» – deb aybla-
di. G. esa o‘zini oqlash uchun: «Men sening telefoningni olganim yo‘q,
menga ham kecha shunaqa telefon sovg‘a qilishgandi», – deb javob berdi.
Aslida A. o‘zining telefonini sport kiyimining cho‘ntagida qoldir-
gan, telefoni esa quvvatsizlanib qolganligi uchun ishlamayotgandi.
56
Î
fuqarolarning
teng huquqliligini buzish;
Î
shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;
Î
fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;
Î
xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf
xabarlari yoki boshqa
xabarlarning sir saqlanishi
tartibini buzish;
Î
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;
Î
vijdon erkinligini buzish;
Î
saylov
yoki referendum tashkil qilish, ularni
o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;
Î
saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolat-
larining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish;
Î
mehnat qilish huquqini buzish;
Î
mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish.