|
N ismatova, O. Karimova davlat va huquqBog'liq Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)50
T/r
Afv
Amnistiya
5
Afvni qo‘llash qabul qilinishi bilan
darhol ijro etiladi, Buning uchun yana
alohida bosqichlardan o‘tish shart emas.
Amnistiya akti chiqqandan keyin, uni kimlarga
qo‘llash masalasini hal qilish uzoqqa cho‘ziladi
va ko‘plab tashkiliy jarayonni o‘z ichiga oladi.
6
Afv huquqiy oqibatlari kamroq bo‘ladi.
Bular:
1) asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha
jazodan to‘liq yoki qisman ozod etiladi;
2) jazodan muddatdan ilgari shartli
ravishda ozod etiladi;
3) umrbod ozodlikdan mahrum etish
yoki boshqa o‘talmagan jazoni nisbatan
yengilroq jazo bilan almashtiriladi;
4) sudlanganlik olib tashlanadi.
Amnistiya aktining huquqiy oqibatlari kengroq
bo‘ladi:
1) shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
2) mahkum asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha
jazodan ozod etiladi;
3) mahkumga tayinlangan asosiy va ijro
etilmagan qo‘shimcha jazo qisqartiriladi (ka-
may tiriladi);
4) mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli
ravishda ozod etiladi;
5) mahkumga tayinlangan jazoning o‘talmagan
qismi yengilrog‘i bilan almashtiriladi;
6) jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik
muddatidan ilgari olib tashlanadi.
Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing va to‘ldi-
ring. Amnistiya va afvning asosiy farqlari bo‘yicha sa-
vollarga javob bering.
Savollar
Avf
Amnistiya
Kim qabul qiladi?
Kimlarni qamrab oladi?
Kimlarga qo‘llanadi?
Kechirim hujjatining
tashabbuskori kim
bo‘ladi?
Shaxsiy omillar (tavsif)
qarorga ta’sir qiladimi?
Odamgarchiligi
bor mard ki-
shi o‘zidan va
o‘ziniki ekan-
ligiga hech kim
tortishib o‘tir-
maydigan nar-
sadan boshqasiga
egalik qilmaydi.
|
| |