52
namoyon bo‘ladi. Bunda odamlarni o‘g‘irlash zo‘rlik
ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud
majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali amal-
ga oshiriladi.
Jinoyat shaxsning hayoti va sog‘lig‘i
daxlsizligi-
ni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan sodir
etiladi. Jinoyat boylik orttirish va boshqa g‘arazli maq-
sadlarda aldash yo‘li bilan odam
savdosini amalga oshi-
rishda ifodalanadi.
Odam savdosiga odam oldi-sotdisi, ya’ni
uni sotuv-
chiga berilgan ma’lum miqdordagi pul mablag‘i yoki
boshqa mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ix-
tiyoriga topshirish kiradi.