54
qayerda bo‘lishini erkin tanlash huquqini cheklash kabi
xatti-harakatlarni sodir etishda ifodalanadi.
Jabrlanuvchi ozodlikdan mahrum qilingan paytdan
e’tiboran jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Ushbu
jinoyat to‘g‘ri qasd bilan ta’magirlik niyatida sodir etili-
shi bilan ajralib turadi.
Tuhmat
O‘rganilayotgan jinoyat uch qismdan iborat. Tuh-
matning obyekti shaxsning sha’ni va qadr-qimmati hi-
soblanadi. Sha’n insonning ichki axloqiy qadr-qimmati,
halolligi, oliyjanobligi, vijdoni, umuman olganda, sha’n
insonning ma’naviy va ijtimoiy fazilatlarini belgilov chi
tushuncha. Jinoyat tuhmat yolg‘onligini bila turib, bosh-
qa shaxs ni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatish-
da ifodalanadi. Aniq dalillarga ishora qilinmagan umu-
miy ma’lumotlarni oshkor etish tuhmat hisoblanmaydi.
Uydirmalarni tarqatish usuli har xil, masalan, og‘zaki,
yozma, biror tasvir ko‘rinishidagi lavha va hokazo bo‘li-
shi mumkin. Jinoyat yolg‘onligi oldindan ayon bo‘lgan
ma’lumotlar tarqatilgan paytdan boshlab tugallangan hi-
soblanadi.
Odamni
o‘g‘rilash
deganda, odam-
ning yashirin-
cha, oshkora
yoki aldash
yo xud ishonchi-
ni suiiste’mol
qilish yo‘li bilan
shaxsiy erkin-
ligidan mahrum
qilini shini tu-
shunish zarur.
Tuhmatchi bir
soatda bir oyga
tatigulik ftna
qo‘z g‘atadi.
Alisher Navoiy
Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlar-
dan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va tu-
rar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartib-
dan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazi-
shi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda
so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.