• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi
  • O‘zbekiston Respublikasining




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    4
    O‘zbekiston Respublikasining 
    Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi
    1-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Ijodiy faoliyat
    KIRISH
    Î
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
    davlatning huquqiy asosi.
    Î
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson 
    huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asosi.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
    davlatning huquqiy asosi
    Mamlakatlarning ichki boshqaruvi va mustaqilligi, 
    suvereniteti uning konstitutsiyasi vositasida qonunlash-
    tiriladi. Bu esa davlat hokimiyatining konstitutsiya bilan 
    cheklanganligini, tartibga solinishini ham anglatadi. 
    Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida 
    konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi 
    o‘zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi 
    asosiy vosita hisoblanadi.
    Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, 
    qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat 
    deb e’tirof etiladi. Demokratik huquq va erkinliklar konsti-
    tutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. O‘z nav batida, 
    davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida 
    mas’uldirlar. Mazkur konstitutsiyaviy qoidalar mazmuni-
    dan in 
    son va fuqarolar huquqlari hamda erkinliklarining 
    ustunligi prinsipi kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublika-
    si Konstitutsiyasi muqaddimasining asosiy mavzusi inson 
    Davlat hokimiya-
    ti idoralarining 
    vakolati, harakat 
    doirasi inson va 
    fuqarolarning 
    huquq va erkin-
    liklari ko‘lami 
    bilan cheklanadi.
    Ushbu fkrni 
    O‘zbekiston Res-
    publikasi Konsti-
    tutsiyasining
    2, 13 va 14-mod-
    dalarida bayon 
    etilgan qoidalarni 
    o‘zaro bog‘lab 
    tahlil etish orqali 
    isbotlashga hara-
    kat qiling. 


    5
    huquqlari bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz ana shu masalada 
    inson huquqlariga sodiqligini e’lon qiladi.
    Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati 
    o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijti-
    moiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu-
    miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi muno-
    sabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi.
    Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o‘zaro 
    munosabatlari qanday shakllanishi lozimligi va bu inson 
    hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib olish-
    ga yordam beradi. O‘zbekiston Respub 
    likasi Konstitut-
    siyasi shaxs va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
    huquqiy tartibini belgilab beradi. Bunga ko‘ra xalq, ja-
    miyat, shaxs huquqi va manfaati birinchi o‘ringa qo‘yiladi. 
    Agar shaxs va davlat munosabatida davlat o‘rniga e’ti-
    bor berilsa, davlat manfaatining mohiyati zamirida ham in-
    son huquqi va erki himoyasi yotadi. Biz bunyod etayotgan 
    davlatning insonparvarlik va xalqparvarlik mohiyati shun-
    da aks etadi, ya’ni davlat faoliyatining asosiy maqsadi in-
    songa xizmat qilish ekanligi to‘la e’tirof etiladi.
    Har bir davlat o‘z hududida amal qilinadigan qo-
    nunlarini o‘zi yaratadi. Demak, qonunlar jamiyatda-
    gi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi 
    va xalqning xohish-irodasini ifoda etadi, turli siyosiy 
    kuchlar, ijtimoiy tabaqalar, guruhlar manfaatlarining 
    o‘zaro murosasini ta’minlaydi.
    Quyidagi rasm-
    larda ifodalangan 
    shaxslar va davlat 
    o‘rtasida qanday 
    munosabatlar bor?
    O‘zbekiston 
    Respublikasida 
    O‘zbekiston Res-
    publikasi Konsti-
    tutsiyasi va qonun-
    larining ustunligi 
    so‘zsiz tan olinadi. 
    Davlat, uning or-
    ganlari, mansabdor 
    shaxslar, jamoat 
    birlashmalari, fuqa-
    rolar Konstitutsiya 
    va qonunlarga mu-
    vofq ish ko‘radilar.

    Download 2,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish