19
Ijodiy faoliyat
1. Siz nima deb o‘ylaysiz, oilada er va xotinning majburiyatlari tengmi?
2.
«Oilada ayollarga nisbatan ko‘proq huquq berilgan», degan fkrga
qanday qaraysiz?
3. «Oilani boshqarishda erkak kishi ustun bo‘lishi kerak», «Oilani aso-
san erkak kishi ta’minlashi zarur, ayol kishi o‘zi topgan mablag‘ni
o‘z ehtiyojiga sarflasa bo‘ladi», «Oilada kim ko‘p mablag‘ topsa,
o‘sha bosh bo‘ladi», kabi fkrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.
Er-xotinning shaxsiy huquq
va majburiyatlari
4-§
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Î
Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga
kelishi.
Î
Oilada er va xotinning teng huquqliligi.
Î
Er va xotinning familiya tanlash huquqi.
Î
Er-xotinning bolalar tarbiyasi va
oila turmushi
masalalarini hal qilishi.
Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
organlarida ro‘yxatga olingan
paytdan boshlab nikohni
tuzganlar er-xotin hisoblanadilar va ular o‘rtasida er-xo-
tinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular
o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalarigina bilan
emas, balki qonunlar va huquqiy qoidalar bilan ham tar-
tibga solinadi. Bunda ayollar siyosiy
jihatdan erkaklar
bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham
20
barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda ular bilan teng
huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyat-
larga egadirlar.
Er va xotinning familiya tanlash huquqi
Nikoh asosida ikki xil — shaxsiy va mulkiy muno-
sabatlar kelib chiqadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xo-
tinning
familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va
oila-turmush masalalarni hal etish, kasb va turar joy
tanlash huquqlari kiradi. Bunday holatlarda ularning
mehnati va fuqarolik huquqi
muomala layoqatining ele-
menti bo‘lib, oila huquqi sohasi hisoblanmaydi.
Nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan
er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu fami-
liyada qolishga haqli yoxud sud tomonidan nikohdan
ajratish to‘g‘risidagi qaror
chiqarilayotganda uning
xohishiga binoan unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi
qaytarilishi mumkin.