|
Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshiBog'liq Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar
Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun
bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobi-
liyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qi lish
taqiqlanadi. Amaldagi qonun hujjatlarida nikoh yoshi
belgilab qo‘yilgan. Qonunga binoan erkaklar 18 yosh-
dan, ayollar esa 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin.
Fuqarolik qonunlariga asosan voyaga yetgun-
ga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro to‘la
hajmdagi muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tu-
zish natijasida ega bo‘lgan muomala layoqati 18 yoshga
to‘lmasdan turib nikohdan ajratilgan taqdirda ham to‘la
saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas, deb topilganida
sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan
boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida
qaror qabul qilishi mumkin.
Nikoh yoshiga amal qilmasdan, g‘ayriqonuniy ravishda
nikoh munosabatlarida bo‘lish har xil huquqiy oqibatlar-
ni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday nikoh haqiqiy emas,
deb topilib, oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va
mulkiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar.
1. Loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda
turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas.
Respublikamizda har bir fuqaro faqat yakka nikoh-
da bo‘lishi mumkin. Yakka nikohlik tamoyili bizning
jamiyatimizda mavjud bo‘lgan yuksak axloqiy qoida-
Nikoh yoshi
erkaklar uchun
o‘n sakkiz yosh,
ayollar uchun o‘n
yetti yosh etib
belgilanadi.
Uzrli sabablar
bo‘lganida, alohi-
da hollarda (ho-
miladorlik, bola
tug‘ilishi, voyaga
yetmagan shaxs-
ning to‘la muo-
malaga layoqatli
deb e’lon qilinishi
(emansipatsiya),
nikohga kirishni
xohlovchilarning
iltimosiga ko‘ra
nikoh davlat
ro‘yxatidan o‘tka-
ziladigan joydagi
tuman, shahar
hokimi nikoh yo-
shini ko‘pi bilan
bir yilga kamayti-
rishi mumkin.
|
| |