• O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 51-modda
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    O‘zbekiston
    Respublikasining
    Oila kodeksi, 
    15-modda


    16
    lardan kelib chiqadi. Bu qoidaning buzilishi nikohni 
    haqiqiy emas deb topilishiga asos bo‘ladi. 
    2. Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan 
    qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar 
    bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka 
    oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh 
    tuzilishiga ruxsat berilmaydi.
    Qonun hujjatlarida yaqin, to‘g‘ri, yon shajara, yot 
    aralashmagan va yot aralashgan qarin dosh tushunchalari 
    mavjud. Biri bosh qasidan yoki umumiy ajdoddan dun-
    yoga kelgan shaxslar yaqin qarindosh lar hisoblanadi.
    Biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar, ya’ni 
    bobo-ota, o‘g‘il-nevara-evara-chevara-dubora to‘g‘ri 
    shajaradagi qarindoshlar deb yuritiladi. Aka-uka va 
    opa-singil yon shajaradagi qarindosh deyiladi. Yot ara-
    lashmagan qarindosh deb umumiy ota yoki onaga ega 
    bo‘lishlik, yot aralashgan qarindosh deb turli ota yoki 
    onadan tug‘ilgan o‘gay aka-ukalar va opa-singillar 
    tushuniladi. 
    Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni qonun yo‘li 
    bilan taqiqlash axloqiy qoida hamda biologik nuqtayi na-
    zarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi.
    Boshqa qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish qonun 
    bilan taqiqlanmaydi. Shuning uchun yon shajara bo‘yi-
    cha qarindosh bo‘lgan, tog‘avachcha, amakivachcha, 
    Nikoh yoshiga 
    yetmagan shaxs 
    bilan tuzilgan 
    nikoh hali nikoh 
    yoshiga yetmay 
    nikohga kir-
    gan shaxsning 
    manfaatlari talab 
    qilgan hollarda 
    haqiqiy emas 
    deb topilishi 
    mumkin...
    O‘zbekiston
    Respublikasining 
    Oila kodeksi, 
    51-modda
    Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buz-
    gan aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining 
    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47
    3
    -mod-
    dasi va Jinoyat kodeksi 125
    1
    -moddasiga muvofq ja-
    vobgarlikka tortiladilar.


    17
    xolavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o‘rtasida 
    nikoh tuzish mumkin. 
    Aka-ukalar hamda opa-singillar farzandlarining o‘za-
    ro nikoh tuzishlari maqsadga muvofq emas. Qarindoshlik 
    nikohi tufayli ko‘pincha nimjon, jismonan nosog‘lom, 
    nuqsonli, mayib bolalar dunyoga keladi. Qarindoshlar 
    o‘rtasida tuzilgan nikoh hatto farzandsizlikka olib keli-
    shi ehtimoldan xoli emas.
    3. Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalli-
    gi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muoma-
    laga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh 
    tuzilishi ga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Bunday shaxslar o‘z qilmishlarining oqibatiga to‘liq 
    javob bera olmaydilar va nikoh tuzishga ongli ravishda 
    o‘z xohishlarini izhor eta olmaydilar. Bu qoida nikohla-
    nuvchilarning ixtiyoriy va o‘z xohishiga ko‘ra nikoh 
    tuzish tamoyilidan kelib chiqadi. Shaxsning ruhiy ka-
    salligi yoki aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz 
    deb topilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish 
    organiga ariza topshirganidan so‘ng, nikohni qayd etish 
    muddatigacha yuz bergan bo‘lsa ham, nikohdan o‘tishga 
    monelik qiladi.
    Ko‘p xotinli 
    bo‘lish, ya’ni 
    umumiy ro‘zg‘or 
    asosida ikki yoki 
    undan ortiq xotin 
    bilan er-xotin 
    bo‘lib yashash — 
    eng kam oylik 
    ish haqining ellik 
    baravaridan yuz 
    baravarigacha 
    miqdorda jarima 
    yoki uch yilgacha 
    axloq tuzatish 
    ishlari yoki bir 
    yildan uch yil-
    gacha ozodlikni 
    cheklash yoxud 
    uch yilgacha 
    ozod likdan 
    mahrum qilish bi-
    lan jazolanadi. 

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish