• Nikoh shartnomasi
  • Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni
  • Er va xotin mol-mulkining




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Er va xotin mol-mulkining 
    shartnomaviy tartibi
    6-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Î
    Nikoh shartnomasi. 
    Î
    Nikoh shartnomasi shakli va mazmuni. 
    Î
    Nikohning tugatilish asoslari. 
    Î
    Nikohdan ajratish tartibi
    Nikoh shartnomasi
    Nikoh shartnomasi – nikohlanuvchi shaxslarning 
    yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) 
    er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy 
    huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi.
    Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining shartno-
    maviy rejimi hisoblanadi. Nikoh shartnomasi yoki kontrakt 
    – oddiy bitim bo‘lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan 


    28
    uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor 
    shaxslar tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin.
    Nikoh shartnomasida er-xotin oila xarajatlarini bir-
    galikda ta’minlash va amalga oshirish, bir-birining da-
    romadlarida ishtirok qilish bo‘yicha o‘z huquqlari va 
    majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan 
    taq 
    dirda er-xotinning har biriga beriladigan mulkni 
    tayinlash, shuningdek, nikoh shartnomasiga er-xotin-
    ning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni 
    kiritish huquqiga egalar.
    Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin 
    bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar 
    orqali tuzilishi mumkin emas. 
    Nikoh shartnomasi — nikoh bekor qilingandan so‘ng 
    kimga qanday mulk tegishli bo‘lishini aniq belgilab be-
    radi. Unda er-xotin o‘rtasida birgalikda orttirilgan mulk 
    chegaralari belgilanadi, nikoh bekor qilingandan so‘ng 
    do‘stona munosabatlar imkoniyati saqlanib qoladi.
    Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni
    Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va nota-
    rial tartibda tasdiqlanishi lozim.
    Nikohni tegishli 
    tartibda qayd et-
    tirmasdan turib, 
    er-xotin bo‘lib 
    yashash ularning 
    mulkini er-xotin-
    ning birgalikdagi 
    umumiy mulki 
    deb topish uchun 
    asos bo‘lmaydi.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish