29
Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalik-
dagi umumiy mulkning qonunda
belgilangan tartibi-
ni o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga,
uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining
mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli
yoki alohida
egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.
Nikoh shartnomalari, odatda, davlat ro‘yxatidan
yoki boshqa maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mulklar-
ga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilin-
magan mulklarga nisbatan
umumiy birgalikdagi mulk
rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasida nazarda
tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan
cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga ke-
lishini ham nazarda tutishi mumkin.
Notarial shakl shartnomaning ishonchliligini angla-
tadi, taraflarning o‘zaro munosabatlariga aniq-ravshan-
lik
kiritadi, nikoh shartnomasi tuzilganligi fakti va uning
mazmuni bo‘yicha nizolar vujudga kelishi imkoniyatini
istisno etadi. Nikoh shartnomasini tasdiqlashdan oldin
notarius yuridik faktlarning zaruriy tarkibini tekshiradi.
U
tomonlarning shaxsi, huquq layoqati, muoma-
la layoqatini, ularning biridan ikkinchisiga o‘tayotgan
Nikoh shartno-
masini
notarial
tasdiqlash uning
qonuniyligini
kafolatlaydi.