39
Jinoyat belgilari
8-§
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Î
Jinoyat belgilari. Ayb, ayb shakllari, qasd.
Î
Qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar.
Î
Ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etish va
uning oqibatlari.
Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan o‘ziga xos ji-
hatlari bilan ajralib turadi. Bu
qilmishning ijtimoiy
xavfliligidir. Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs
uchun ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi.
Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi
jinoiy oqibatda aks etadi.
Jinoyatning qonunga xilofligi uning yuridik huquqiy
belgisidir.
Bundan tashqari, jinoyat sodir etgan shaxs-
ning aybdor deb topilishi jinoyatning muhim belgi-
laridan biridir. Shundagina
unga nisbatan jinoiy jazo
qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish faqat qonunda
Ijodiy faoliyat
8-sinfda «O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari»
fanidan olgan bilimla-
ringizga tayanib, quyidagi savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ring.
1. Jinoyat nima? Huquqbuzarlik bilan jinoyat o‘rtasida qanday farq bor?
2. Quyidagi voqealardan qaysi biri jinoyat bo‘lishi mumkin?
A. 9-sinf o‘quvchisi A. muntazam ravishda dars qoldirib kelgani
uchun uning ota-onasi javobgarlikka tortildi.
B. Z. ismli 7-sinf o‘quvchisi qo‘shni hovlida o‘g‘rilik sodir etilayot-
ganini bilgan bo‘lsa-da, bu haqida hech kimga xabar bermadi.
C. K. ismli fuqaro ifloslantiruvchi moddalarni ikki chelakda olib
chiqib, uyi oldidan oqib o‘tayotgan kanalga to‘kib yubordi.
40
ko‘rsatilgan jinoyat belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda,
ya’ni uning tarkibi aniqlanganida jinoyat deb topiladi.
Jinoyat tarkibi jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda aniq
bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng
kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indi-
sidir. Jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari
o‘rtasida o‘zaro aloqa va uzviy bog‘liqlik mavjud.
Jinoyat tarkibi tuzilishi bo‘yicha to‘rt
elementdan
iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv
tomon.
Obyektiv, ya’ni tashqi belgilar jinoyatning obyekti
va obyektiv tomonini ta’riflaydi.
Subyektiv (ichki) belgilar jinoyatning subyekti va
subyektiv tomonini aniqlaydi.
Har bir belgi boshqalari bilan birgalikda mavjud va
ajralmas bir butunlikning zaruriy qismini tashkil qiladi.