41
Jinoyat tarkibining ikkinchi elementi jinoyatning
obyektiv tomonidir. Jinoyatning obyektiv tomonini atrof
muhitda biron muayyan o‘zgarishga olib keladigan va
sabab bo‘ladigan shaxsning
aqliy va irodaviy xatti-ha-
rakati tashkil qiladi. Ushbu elementning zaruriy belgisi
qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanadi. Qil-
mish orqali jinoyat sodir etiladi.
Jinoyat tarkibining uchinchi elementi jinoyat
subyekti, ya’ni jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsdir.
Jinoyat subyekti faqat qilmish uchun javob bera oladi-
gan, ya’ni jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatil-
gan ma’lum yoshga yetgan va aqli raso shaxs bo‘lishi
mumkin.